Sulfatsiz va silikonsiz shampunlar: ularning qanday kamchilik va afzalliklari bor?
Sulfat va silikon sochlarni yog‘dan tozalashga, ularga porloqlikni qo‘shishga va mahsulotlarda ko‘pik hosil qilishga yordam beradigan neft hosilalaridir. Tabiiy mahsulotlarning ommalashishi yaqinda boshlandi, sotuvchilar zamonaviy mahsulotlarni zararli deb topdi va organik mahsulotlarga qaytishga qaror qildi. Lekin ularning ham ijobiy va salbiy tomonlarini aniqlash vaqti keldi, deb yozadi “Noviy ochag”.
Foto: PinterestAfzalliklari
Allergiya va qizarish xususiyatini keltirib chiqarmaydi
Oddiy shampun tarkibidagi sulfatlar suv bilan to‘liq yuvilmaydi. Ular bosh terisida to‘planadi, agar teri ta’sirchan bo‘lsa, soch qurishi bezovta qiladi. Organik shampunlarda sintetik moddalar kokos fermentlari bilan almashtiriladi, ular koko glyukozid, natriy kokoil glutamat va disodium kokoil glutamat sifatida ta’sir qiladi.
Soch rangini saqlaydi
Agar sulfatlarga mikroskop ostida qaralsa, elementlarning dag‘alligini yaqqol ko‘rish mumkin. Sochni yuvishda ular pigment muhrlangan teshiklarni ochadi. Shu sababli, soch rangi tezroq xiralashadi va rangsizlanadi. Organik komponentlar silliq va yumshoq bo‘lib, bunday muammolar yo‘l qo‘ymaydi.
Sochni quritmaydi
Tabiiy kompozitsiya sochni oziqlantiradi va sog‘lom saqlaydi. Ammo quruq va buzilgan organik moddalarni qayta tiklash mumkin emasligini yodda tutish kerak.
Kamchiliklari
Sochlarni silliq qilmaydi
Silikon sochlarni ko‘rinmas plyonka bilan o‘rab oladi va silliq hamda porloq sochlar effektini yaratadi. Bu porlash effektini beradigan yagona komponent. Soch tabiiy ravishda jingalak va nisbatan quruq bo‘lsa, tabiiy shampun faqat bu natijani ta’kidlaydi. Aytgancha, agar kompozitsiyada silikon mavjud bo‘lsa, u teshiklarni ochadigan SLS muammosini hal qiladi. Konditsioner tarkibidagi silikon sochlarni changdan himoya qiladi va silliqlaydi.
To‘liq tozalamaydi
Organik shampun sochlardan lak yoki gel qoldiqlarini yuva olmaydi. Buning uchun ularga sulfat kerak bo‘ladi. Hatto tashqi tomondan sochlar toza ko‘rinadigan bo‘lsa ham, unda sochlarni quritadigan va sindiradigan yupqa qoplama qoladi.
Ko‘pirmaydi
SLS yo‘qligi tufayli minimal darajada ko‘pik hosil bo‘ladi va shampun yetarli emasdek tuyilishi mumkin. Shu sababli, ikki baravar ko‘p mahsulot ishlatiladi va tez-tez xarid qilinadi. Aytgancha, ko‘pikning tozalash qobiliyatiga hech qanday aloqasi yo‘q. Minimal ko‘pik bilan ham sochni yaxshilab yuvish mumkin.
Salbiy ta’sirdan himoya qilmaydi
Silikon plyonka sochni quyosh, xlor va dengiz suvidan himoya qiladi. Bundan tashqari, silikon issiqlikdan himoya qiluvchi vositalarning asosiy komponenti bo‘lib, sochlarini fen bilan quritganda yoki tekislashda sog‘lom saqlashga yordam beradi. Ammo tabiiy kompozitsiya bunday himoyalanishdan mahrum qiladi.
Xulosa
Ko‘rib turganingizdek, organik shampunlarning ijobiy va salbiy tomonlari bor. Eng yaxshi usul sintetik va organik moddalarni birlashtirishdir. SLS va silikondan butunlay voz kechib, hatto eng sog‘lom sochlarni ham yo‘qotish mumkin. Shuning uchun har kuni vaziyatga qarab foydalanadigan ikkala variant ham bo‘lsin.
Manba