Salomatlik Salomatlik Foydali bo‘lib chiqqan 3 ta zararli odat

Foydali bo‘lib chiqqan 3 ta zararli odat

O'qildi: 251


Foydali bo‘lib chiqqan 3 ta zararli odat

Tibbiyot tez sur’atlar bilan rivojlanib bormoqda. U bilan birgalikda nima zararli-yu, nima foydali ekanligi to‘g‘risidagi tushunchalar ham tubdan o‘zgarib ketyapti.

Foto: Shutterstock

Yangi tadqiqotlar natijalari va diagnostikaning ilg‘or uslublari bilan qurollangan olimlar ilgari sog‘lom turmush tarzi tushunchasining asosi hisoblangan fikrlarni keskin inkor qilmoqda.

Kech soat 18.00 dan keyin ovqatlanish mumkin emas

“Organizm ovqatlanishdagi 12−14 soatlik tanaffusni ochlik deb qabul qiladi, — deydi Birinchi Moskva davlat tibbiyot universiteti  professori Tatyana Pilat. — Ovqatlanish orasidagi uzoq tanaffuslarda qondagi glyukoza miqdori keskin tushib ketadi, bu esa nazorat qilib bo‘lmaydigan ishtaha paydo bo‘lishiga olib keladi”.

Zamonaviy nuqtai nazar. Albatta, tunda to‘yib ovqatlanish ma’qul emas. Lekin yengil ovqatlanish(achitilgan sut mahsulotlari, qaynatilgan sabzavotlar, yangi uzilgan mevalar va boshqalar)zarur. Bevosita uxlash oldidan bir piyola qatiq ichish tavsiya qilinadi — bu ochlik hissidan qutqaradi va me’da-ichak yo‘li faoliyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

Imkoni boricha uzoqroq uxlash kerak

“Uyquga bo‘lgan ehtiyoj genetik jihatdan belgilangan va o‘rtacha 7—8 soatni tashkil qiladi, — tushuntiradi MDTU qoshidagi 3-klinika shifokori Mixail Poluektov. — Davomli uyquga ehtiyoj sezish — nosog‘lomlik belgisi. Infarktga, insultga va to‘satdan o‘limga olib keluvchi kasalliklarga chalingan bemorlar uzoq(10−12 soatdan)uxlashi isbotlangan”.

Zamonaviy nuqtai nazar. Odamga sakkiz soatlik uyqu to‘liq yetarli bo‘ladi. Agar siz muntazam ravishda uzoq uxlasangiz va uyquga to‘ymasangiz, unda shifokor tekshiruvidan o‘tishingiz kerak.

Yomon kayfiyat bilan kurashish kerak

“Yomon kayfiyat — mutlaqo normal, ba’zi hollarda esa — hayotiy zarur holat, — deydi neyropsixolog Svetlana Shishkova. — O‘zini sun’iy ravishda dadil bo‘lishga majbur qilish kerak emas”.

Zamonaviy nuqtai nazar. Yig‘lagisi kelganda o‘zini kulishga majbur qilish to‘g‘ri emas. Ko‘ngil g‘ashligi umid va ishonchga to‘lgan jiloni eritib yuborishga, muammoni aniqlashga va uni bartaraf qilish yo‘llarini topishga yordam beradi.

Manba: “Zdorovie.com”




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.