Salomatlik Salomatlik Stomatitni qanday davolasa bo‘ladi?

Stomatitni qanday davolasa bo‘ladi?

O'qildi: 470


Stomatitni qanday davolasa bo‘ladi?

Stomatit deb og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatining yallig‘lanishiga aytiladi. Bunda yeyish, ichish, gapirish qiyinlashadi.

Foto: “Zdorovie.com”

Stomatitning quyidagi ko‘rinishlari bor:

  1. Og‘iz shilliq qavatida yoki tilda aylana shakldagi och rangli bir yoki bir nechta yarachalar paydo bo‘lishi, tibbiy tilda aftoz stomatit deyiladi.
  2. Gerpesning lablarda toshishi ham stomatitlarga kiradi
  3. Og‘iz bo‘shlig‘ida yaralar bo‘lmaydi, lekin shilliq qavat qizargan bo‘ladi.
Stomatitning sabablari:
  1. Viruslar, bakteriyalar, zamburug‘lar. Masalan, hamma narsani og‘ziga solishni yaxshi ko‘ruvchi bolalarda ko‘p uchraydigan stomatit(molochnitsa).
  2. Masalan, til yoki lunjni tishlab olish, issiq ovqatdan og‘izning kuyishi.
  3. Allergiya yoki organizmning biror moddaga o‘ta sezuvchan bo‘lishi. Bunda allergen yoki o‘sha modda ta’sirida og‘iz bo‘shlig‘ida yallig‘lanish kelib chiqadi.
  4. Milk kasalliklari
  5. Autoimmun kasalliklar
  6. Masalan: antibiotiklar, gormonlar, ximioterapiyada ishlatiladigan dorilar.
  7. Sifatsiz ovqatlanish va stresslar. Sifatsiz ovqatlanish natijasida organizmga kerakli moddalar tushmaydi. Stresslar esa organizmning kuchsizlanishiga olib keladi.
Stomatitni qanday davolash kerak?

Davolash stomatitni keltirib chiqargan sababiga qarab har xil bo‘ladi. Birinchi navbatda og‘riqsizlantirish maqsadida og‘riqqa qarshi dorilar beriladi. Masalan, paratsetamol yoki ibuprofen. Dorilar albatta shifokor maslahati bilan va yo‘riqnomasi yaxshilab o‘rganib chiqilgandan so‘ng qabul qilinishi kerakligini esdan chiqarmaslik kerak.

Dorilardan tashqari, muzqaymoq ham yaxshigina og‘riqsizlantiruvchi xususiyatga ega.

Uning muzdayligi, yumshoqligi va shirin ta’mi og‘iz bo‘shlig‘idagi og‘riqni kamaytiradi.

Dorixonalarda tarkibida lidokain tutuvchi turli xil og‘riqsizlantiruvchi gellarni topish mumkin. Lekin bunday vositalarni o‘ta ehtiyot bo‘lib ishlatish kerak. Chunki lidokainning ortiqcha dozasi yurak ritmining buzilishiga va tutqanoqlarga olib kelishi mumkin. Bolalarga esa umuman ishlatmagan ma’qul. Stomatit bilan og‘rigan vaqtda parhezni ham esda tutish lozim, bunda achchiq, sho‘r, issiq ovqat yoki ichimliklardan saqlanish kerak.

Shifokorga qachon murojaat qilish kerak?

Bir yoki ikki dona yaracha ko‘rinishidagi biroz yoqimsiz sezgi bilan kechayotgan stomatit odatda uzog‘i bilan ikki haftada hech qanday aralashuvsiz o‘tib ketadi. Lekin bunday hol sizda tez-tez kuzatila boshlasa va tuzalishi uzoqqa cho‘zilib ketsa, shifokorga murojaat qilishingiz kerak. Shifokor kasallikning sababini aniqlab, kerakli choralarni ko‘radi.

Manba: “Zdorovie.com”




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.