Salomatlik Salomatlik Ro‘za tutish immun tizimini kuchaytiradimi yoki kuchsizlantiradimi? (video)

Ro‘za tutish immun tizimini kuchaytiradimi yoki kuchsizlantiradimi? (video)

O'qildi: 312


Ro‘za tutish immun tizimini kuchaytiradimi yoki kuchsizlantiradimi? (video)

“Novza” jome masjidi imom xatibi Jaloliddin Hamroqulov ro‘za tutish inson immun tizimiga qanday ta’sir ko‘rsatishi haqida ma’lumot berdi.

Foto: Pixabay

“Ro‘za tutsa insonning immuniteti tushib ketadi, degan tushuncha bor. Aslida bu noto‘g‘ri tushuncha. Bugun fan ham, 15 asr ilgari paydo bo‘lgan islom dini ham Ramazon ro‘zasi inson immunitetini ko‘tarishini isbotlagan. Ramazon ro‘zasidagi ochlik inson organizmi uchun foydali hisoblanadi. Organizmda 12 oy mobaynida to‘planib qolgan ortiqcha yuklar ro‘zada yuviladi, poklanadi. Ro‘zani ixlos bilan tutgan odamning dunyoqarashi, aql-zakovati, umumiy hayot tarzi ham boshqacha bo‘lishini fan ham isbotlagan. G‘arb mamlakatlarida ochlik bilan davolash markazlari faoliyat yuritishi so‘zimizning yaqqol isbotidir. Majburiy ochlik boshqa narsa, ixtiyoriy ochlik esa mutlaq boshqa narsa. Ramazon ro‘zasini biz subhdan to kun botgunicha Ollohdan yaxshiliklarni umid qilib, nafaqat yemoq-ichmoqdan, hatto gunoh ishlardan o‘zimizni tiyib, har jihatdan poklashimiz insonni har tomonlama quvvatga kirishga yoki immunitetini ko‘tarishga sabab bo‘ladi”, — deydi Jaloliddin Hamroqulov.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.