Salomatlik Salomatlik Ro‘za tutgan inson yosharishi ilmiy jihatdan asoslandi

Ro‘za tutgan inson yosharishi ilmiy jihatdan asoslandi

O'qildi: 281


Ro‘za tutgan inson yosharishi ilmiy jihatdan asoslandi

Ro‘za tutgan odam oshqozon kasalliklari, bo‘g‘inlardagi muammolar, tuzlar, toshlar, qon bosimi va boshqa ko‘plab kasalliklardan xalos bo‘ladi. Bu haqda O‘zbekiston Musulmonlari idorasi saytida aytiladi.

Foto: “Islam-today.ru”

Xabarda aytilishicha, Tokio texnologik universiteti olimi Yosinori Osumi vaqtinchalik ochlik, ya’ni ro‘zaning kasalliklarga davo bo‘lishi va tanani yoshartirishini ilmiy isbotlagan. Yaponiyalik olim autofagiya ( “o‘zini o‘zi yemoq” degan ma’noni anglatadi)mexanizmlarini kashf etgani uchun 2016-yilda tibbiyot va fiziologiya sohasi bo‘yicha Nobel mukofoti sovrindori bo‘ldi.

Autofagiya barcha jonli mavjudotlarda bo‘ladi. Bu tanani keraksiz chiqindilar, bakteriyalar va boshqa hujayralardan tozalash qobiliyatidir. Natijada organizm nafaqat tozalanadi, balki erta qarishdan himoya qilinadi, tana yosharadi.

Autofagiya qorin och bo‘lganida faollashadi. Tashqaridan yemish kelmaganidan keyin ichki manbalar keraksiz chiqindilar, shuningdek, patogen bakteriyalar hisobidan energiya ishlab chiqarishni boshlaydi. Hayratlanarlisi, hujayralar Alloh irodasi bilan shunday yaratilganki, ular o‘zlarini o‘zlari tozalab turish qobiliyatiga ega.

Mutaxassislarning fikricha, inson to‘q yurganda hujayralar faol ishlamas ekan. Bu tanada shlak va keraksiz chiqindilar yig‘ilishiga sabab bo‘ladi. Oqibatda turli kasalliklar urchiydi. Inson och bo‘lganida hujayralar o‘zini o‘zi tartibga solish uchun fursat bo‘ladi.

“Ro‘zador odam och qolganida organizmidagi hujayralarning nobud bo‘lgan qismlari utilizatsiya qilinadi. Organizm barcha infeksiya va toksinlardan tozalanadi. Inson organizmi och qolganda hujayralar ichkarida to‘planib qolgan axlatlar, yog‘lar, shlaklar, gijjalar, xavfli hujayralarni ‘yoqib’ energiya ishlab chiqaradi. Shuningdek, eski hujayralar yemirilib, yangilari paydo bo‘lishiga zamin yaratadi. Yana bir misol, ro‘zador odamning oshqozon va ichak faoliyatida o‘t suyuqligi kamayishi kuzatiladi. Bu a’zolarida yarasi bor kishilar dardiga davo bo‘ladi”, — deydi Toshkent tibbiyot akademiyasi tadqiqotchisi Elyorbek Rahmatullayev.

Kembrij universiteti va Britaniya ilmiy-tadqiqot instituti molekulyar neyrogenetika bo‘yicha professori D.Rubinshteynning sichqonlar ustida o‘tkazgan tajribalaridan ma’lumki, ularda 24 soatlik ochlikdan so‘ng miya va boshqa bir qancha organlar, jumladan, jigar faoliyati yaxshilangan. Tadqiqot ochlikdan foydalangan holda olib borildi va bu jarayonda hayvonlar uzoq yashadi, sog‘lomlashdi.

Mutaxassisning aytishicha, agar saharlik va iftorlikda me’yoriy tarzda, sog‘lom ovqatlanish talablariga rioya qilgan holda ro‘za tutsak, organizmdagi kasalliklarga qarshi immunitetni kuchaytirish, semizlikka qarshi monelik paydo qilish, to‘qimalarda to‘planib qolgan ortiqcha moddalar hamda tuzlarni haydashga yordam bergan bo‘lar ekanmiz, deyiladi xabarda.

Mavzuga doir:

  • Ro‘za tutish immun tizimini kuchaytiradimi yoki kuchsizlantiradimi?( video)
  • Iftorlikda nega aynan xurmo bilan og‘iz ochiladi?


Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.