To‘yimli nonushtadan keyin ham ochlikni his qilishning sababi nimada?
Nonushta kunlik energiya manbayi hisoblanadi va kunning qanday o‘tishi qanchalik yaxshi nonushta qilingani bilan bevosita bog‘liq bo‘ladi. Ammo shunday paytlar bo‘ladiki, to‘yib nonushta qilgandan keyin hech qancha vaqt o‘tmay yana qorin ochadi. Harper’s Bazaar nashri buning sababi nimada ekanligiga to‘xtaldi.
Foto: ProdiGusTo‘yimli nonushtadan keyin ham ochlikni his qilishning boisi ne?
Tarkibida shakar yoki tozalangan uglevodlar ko‘p bo‘lgan mahsulot qondagi glyukoza miqdorining keskin oshishiga sababchi bo‘ladi. Bu degani qancha tez ko‘paysa shuncha tez kamayadi va siz hech qancha o‘tmay ochlikni his qilasiz.
Nonushtaga nima yeyish kerak?
Qondagi qand miqdorini me’yorda ushlash uchun tarkibida oqsil va kletchatka bo‘lgan mahsulotlarni iste’mol qilish kerak bo‘ladi. Donli mahsulotlar kletchatkaning asosiy manbayi hisoblanadi. Shu bois nonushtani grechka, suli yormasi, jo‘xori va jigarrang guruchli mahsulotlardan tayyorlang.
Agar ertalabdan tost yeyishni ma’qul ko‘rsangiz, unda oq undan emas, donli o‘simlik unidan tayyorlangan tost yeyishga harakat qiling. Tost ustiga oqsil manbayi bo‘lgan tuxumni qo‘ying. Bodom yoki araxis moyi tuxum o‘rniga alternativ bo‘lishi mumkin. Iloji boricha shakarsiz mahsulotlarni tanovul qiling.
Foto: Getty ImagesMavzuga doir: Nonushtaga vitaminlarga boy tvorogli smuzi tayyorlang
Manba