Bolalar uchun zararli bo‘lgan 5 mahsulot
Farzandingiz salomatligi uchun foydali va zararli mahsulotlarni farqlashingiz, shunga binoan taomnoma tashkil qilishingiz kerak.
Foto: Getty ImagesSharbat
Bolalar uchun deb yozilganiga qaramay, sharbat xarid qilishga shoshilmang. Chunki bu ichimlik tarkibida vitaminlar yetarlicha bo‘lmaydi, shakar esa limmo-lim bo‘ladi. Shirin va xushbo‘y bo‘lishi uchun qo‘shilgan konservant va aromatizatorlar esa koni zarar. Buning o‘rniga farzandingizga, vitamin va klechatkaga boy, immunitet va salomatlik uchun foydali tabiiy mevalardan salat tayyorlab bering.
Yogurt
Yogurt foydali bakteriya, oqsil, kalsiy va vitaminga boy bo‘lishiga qaramay, shakar miqdori katta odam normasi uchun mo‘ljallangan. Bundan tashqari, turli qo‘shimcha va aromatizorlar ham bolalar uchun foyda bermaydi. Agar farzandingiz yogurtni yaxshi ko‘rsa, unda uy sharoitida tabiiy mahsulotlardan tayyorlab bering. Meva va yong‘oqlar bilan vitaminlarga boyiting. Ikki yoshgacha bo‘lgan bolakaylar yogurtiga asal qo‘shsangiz ham bo‘ladi.
Yormalar
Turli yormalardan tayyorlangan bo‘tqa salomatlik uchun foydali ekani bor gap, lekin buning uchun tarkibida un, shakar, kimyoviy aralashmalar kam bo‘lishi kerak. Xarid davomida ba’zi yormalarda, pechenyadagidan ham ko‘p glyukoza bo‘lishi mumkinligini unutmang.
Tovuqli naggetslar
Bolalar sevib iste’mol qiladigan naggetslarning zarari uning tarkibidagi mahsulotlardan ham ko‘ra, tayyorlanish uslubi bilan bog‘liq. Frityur, ya’ni yuqori darajali olovda qizitilgan yog‘da pishirilgan naggetslarni hazm bo‘lishi nafaqat bolalar, balki kattalar uchun ham qiyin bo‘ladi. Agar naggets farzandingizning jon-u dili bo‘ladigan bo‘lsa, uy sharoitida tovuq filesidan o‘z qo‘lingiz bilan tayyorlab bering.
Tez tayyorlanadigan lapsha va makaronlar
Pasta, spagettilar faqatgina kichik yoshdagilar uchun sevimli emas. Bir zumda tayyorlanadigan lapsha va makaronlar ftalatlarning koni hisoblanadi. Bunday taomlarni muntazam iste’mol qilish endokrin tizimining ishdan chiqishi, gormonal o‘zgarishlar bo‘lishiga olib kelishi mumkin.
Manba