Salomatlik Salomatlik Umrni uzaytirish xususiyatiga ega mahsulotlar

Umrni uzaytirish xususiyatiga ega mahsulotlar

O'qildi: 263


Umrni uzaytirish xususiyatiga ega mahsulotlar

Inson salomatligi va uzoq umr ko‘rishi iste’mol qiladigan mahsulotlariga bog‘liq bo‘ladi.

Foto: Getty Images

Arpa yormasidan tayyorlangan bo‘tqa

Ushbu yorma tarkibidagi lizin virus va yallig‘lanishga qarshi samarali vosita hisoblanadi. Bundan tashqari, qondagi xolesterin miqdorini kamaytirish xususiyatiga ega beta-glyukanlarning koni. Qolaversa, kletchatka, murakkab uglevodlar ham mavjud bo‘lib, ular kishining vazn tashlashi va energiyali bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Arpa yormasi tarkibidagi silen minerali organizmning erta qarishining oldini oladi.

Brokkoli

Ushbu mahsulot bejizga “uzoq umr ko‘rish siri” deb atalmaydi. Bunga mahsulotning muhim mineral va moddalar, xususan, vitamin C, A, E, K va omega-3 yog‘ kislotalariga boy ekanligidir. Kletchatkalar manbayi bo‘lgan brokkoli ozdirish xususiyatiga ega bo‘lib, undagi kalsiy va magniy miqdori ko‘pligi suyaklar mustahkamligida ahamiyatli sanaladi. Bundan tashqari, vitamin C yurak-qon kasalliklarining oldini oladi, antioksidantlar esa virus va infeksiyalarga qarshi himoya vositasini bajaradi.

Yong‘oqlar

Yong‘oqlarni taomnomaga kiritish deyarli barcha shifokor mutaxassislar tomonidan tavsiya qilinadi. Ushbu mahsulotda omega-3 yog‘ kislotasi, vitamin E va L-argenin aminokislotalari bor bo‘lib, ushbu moddalar yara va yallig‘lanishlarni tez bitishi, toksinlar yo‘qolishi va immun hamda endokrin tizimining yaxshilanishi, suyaklar elastikligining ortishiga sababchi bo‘ladi. Shuningdek, yong‘oqlar yurak-qon tomir, qand va saraton kasalliklarining oldini olish xususiyatiga ega.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.