Salomatlik Salomatlik Qaysi mahsulotlar go‘sht o‘rnini bosib, organizmni oqsil bilan ta’minlay oladi?

Qaysi mahsulotlar go‘sht o‘rnini bosib, organizmni oqsil bilan ta’minlay oladi?

O'qildi: 330


Qaysi mahsulotlar go‘sht o‘rnini bosib, organizmni oqsil bilan ta’minlay oladi?

Oqsillar immunitet mustahkamlanishi, hujayralarning o‘sishi, rivojlanishi va qayta tiklanishini ta’minlaydi. O‘simliklarda oqsillar go‘sht va sut mahsulotlariga qaraganda ancha kamroq miqdorda mavjud. Shunga qaramasdan, o‘simlik oqsillarining tarkibi zarur aminokislotalar to‘plamidan tashkil topgan, demak organizmning oqsillarga bo‘lgan ehtiyojini qisman yoki to‘liq qondira oladi. Go‘shtdan boshqa yana qanday mahsulotlar oqsilga boy mahsulot hisoblanadi?Quyida ushbu savolga javob beramiz.

Foto: Harper’s Bazaar

Dukkakli mahsulotlar

Dukkakli mahsulotlar o‘simlik oqsilining koni hisoblanadi. 1 portsiya qizil yasmiq(chechevitsa)tarkibida 18 gr, qizil va qora loviyada esa 14 gr oqsil bo‘ladi. Bundan tashqari dukkakli mahsulotlar vitamin B, magniy, kaliy, temir va kletchatkani o‘z ichiga oladi. Bu esa ovqat hazm bo‘lishi, ichaklarning sog‘lom bo‘lishini ta’minlaydi.

Grechka

Grechka sog‘lom hayot kechirishni istagan har qanday kishi uchun eng maqbul variant hisoblanadi. Ushbu mahsulot tarkibida ko‘p miqdordagi oqsildan tashqari, vitamin va minerallar, kletchatka hamda sekin hazm bo‘ladigan uglevodlar mavjud. Grechkadan tayyorlangan taom to‘q tutadi va kun bo‘yi tetik bo‘lishga sababchi bo‘ladi.

Foto: Harper’s Bazaar

Kinoa

Oqsilga limmo-lim bo‘lgan kinoa omega-3 kislotasining ham manbasi hisoblanadi. Ushbu mahsulotni sabzavotlardan tayyorlangan salatga qo‘shish yoki o‘zidan quritilgan o‘t va sarimsoq qo‘shib, alohida taom tayyorlash mumkin.

Soya

Allergiyasi bo‘lmagan kishilar uchun soya hayvon oqsili o‘rniga eng yaxshi alternativ bo‘la oladi. Soya tabiatdagi barcha aminokislotalarni o‘z ichiga olgan yagona o‘simlik hisoblanadi. Shu sabab ham uni sut va go‘sht mahsulotlari o‘rniga yeyish mumkin. Bundan tashqari mazkur mahsulot — C, E, K, B vitamin​lari, kaliy, magniy hamda fosforning koni.

Qovoq urug‘lari

Qovoq urug‘lari o‘simlik oqsili, shuningdek, kletchatka, to‘yinmagan yog‘ kislotalarini o‘z ichiga olgan mahsulot sanaladi. Urug‘lar organizmni barcha zarur oziqa moddalari bilan to‘yintiradi va shuning hisobiga uning iste’molidan keyin ancha vaqtgacha ochlik hissi sezilmaydi. Unda tez hazm bo‘ladigan uglevodlar deyarli bo‘lmagani sabab qondagi qand miqdorining keskin oshishiga olib kelmaydi.

Mavzuga doir:

  • Umrni uzaytirish xususiyatiga ega mahsulotlar
  • Ko‘rish qobiliyatini yaxshilovchi mahsulotlar


Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.