Me’yoridan ortiq tuz iste’mol qilayotganingizning 5 ta belgisi
Siz tuz qo‘shib iste’mol qiladigan taomdagi mahsulotlar tarkibida shundoq ham natriy yetarli bo‘lishi va qo‘shimchadan keyin organizmda tuz miqdori oshib ketishi kuzatilishi mumkin. Bunda organizmda qanday belgilar kuzatiladi?Quyida ushbu savolga javob beramiz.
Foto: Getty ImagesOrganizm suyuqlik talab qiladi
Tuzli va sho‘r mahsulotlar iste’molidan keyin organizm suv talab qiladi. Chanqoq orqali miya siz kam suyuqlik ichayotganingizni ma’lum qiladi. Shu sabab organizmdagi suyuqlik balansini muvozanatda saqlash uchun ham ko‘p suv ichish kerakligini unutmaslik kerak.
Shishlar paydo bo‘ladi
Qonda natriy miqdori yuqori bo‘lganda suv hujayralarda to‘planib, shish kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. Shishlar asosan qorin atrofida va barmoqlarda kuzatiladi.
Bosh og‘rig‘i kuzatilishi
Hech qanday sababsiz bosh og‘rig‘i kuzatilishi ham organizmda tuz miqdorining yuqori ekanidan darak berishi mumkin. Ratsionda tuzning ko‘pligi miya-qon tomirlarining kengayishiga sabab bo‘lishi, buning oqibatida esa bosh og‘rig‘i kuzatilishi mumkin.
Vazn o‘zgarmasligi
Sport bilan shug‘ullanish, ratsiondan zararli mahsulotlarni chiqarib tashlansa-da vazn o‘zgarmasligi ham ushbu muammo bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Bunga hujayralarda to‘plangan tuzlar sababchi bo‘ladi.
Ta’m bilishdagi o‘zgarishlar
Salomatlikda paydo bo‘ladigan muammolardan tashqari keragidan ortiq tuz yeyish oqibatida ta’m bilishda ham o‘zgarishlar kuzatilishi mumkin. Gap shundaki, tuz ta’m bilish retseptorlariga ta’sir qiladi va sizda avvalgidan ham ko‘proq tuz qo‘shilgan taom iste’mol qilish istagi paydo bo‘ladi. Tuzsiz taom bemaza tuyilishi mumkin, lekin ma’lum vaqt davomida kamaytirib borish natijasida ko‘niksa bo‘ladi.
Mavzuga doir:
- Umrni uzaytirish xususiyatiga ega mahsulotlar
- Ko‘rish qobiliyatini yaxshilovchi mahsulotlar
Manba