Ozish haqida o‘ylamasangiz ham bo‘ladi: Vazningiz ideal ekanidan darak beruvchi 4 belgi
Bel o‘lchamingiz ingichka bo‘lmagani uchungina parhez qilish yoki sportzalga borishga shoshilmang. Chunki sog‘lig‘ingizda hech qanday muammo bo‘lmasa, sizni hech nima bezovta qilmasa va o‘zingizni yaxshi his qilsangiz, unda ozishingizga hojat bo‘lmasligi mumkin.
Foto: “Domashniy ochag”Vazn to‘plash bilan bog‘liq kasalliklarning yo‘qligi
Me’yordagi bel o‘lchami ayollar uchun 70 sm, erkaklar uchun 80 sm hisoblanadi. Ushbu ko‘rsatkichlar ortgan bo‘lsa, yurak-qon kasalliklari rivojlanishi ehtimoli katta. Ammo sizda bu ko‘rsatkich me’yordan ortiq bo‘lgan taqdirda ham, qondagi xolesterin, qand va arterial bosimni o‘lchab turish kerak. Agar ular me’yorda bo‘lsa, vazningiz o‘zingizga to‘g‘ri keladi va parhez qilishingizga hojat qolmaydi.
Pulsning me’yordan ko‘pligi
Me’yorda 60 dan 100 gacha puls bo‘lishi kerak. Pulsingiz shunga muvofiq bo‘lsa, yuragingizda qo‘shimcha zo‘riqish yo‘q va siz vazn tashlashingiz shart emas. Agar me’yordan boshqacha bo‘ladigan bo‘lsa, demak hayot tarzingizni o‘zgartirishingiz, faol va sog‘lom hayot kechirishingiz kerak.
Kun davomida yetarli energiya
Agar sizda kun davomida energiya yetadigan bo‘lsa, tongda o‘zingizni tetik his qilsangiz hamda kuchga to‘lish uchun kofeinga ehtiyoj sezmasangiz, demak sizda muammo yo‘q. Ortiqcha vazn suyak va bo‘g‘imlarni qo‘shimcha zo‘riqtiradi va shu sabab ham kishi charchoq his qiladi va uyqu bosaveradi. Agar kun davomida o‘zingizni tetik va yengil his qilsangiz, kim nima deyishidan qat’i nazar, vazningiz sizga ortiqcha emas.
Me’yoriy yog‘ balansi
Kilolar ham o‘lcham, ham qomatingiz qanchalik sog‘lom ekanidan darak bermaydi. Aslida esa organizmdagi yog‘ foiziga bog‘liq bo‘ladi. Agar tanangizda yog‘ va mushaklarning o‘zaro nisbati me’yorda bo‘lsa, xavotirga o‘rin yo‘q. Agar yog‘lar ko‘payib ketsa, ozishga harakat qilsangiz bo‘ladi.
Manba