Bronxitda yo‘tal qancha davom etadi va antibiotiklar qabul qilish shartmi?
Bronxit bilan kasallangan bemorlarda yo‘tal qancha davom etishi qanday simptomlar kechishi va nimalar bilish kerakligiga to‘xtalib o‘tamiz.
Foto: Getty ImagesBronxit — bronxlar yallig‘lanish bilan kechadigan kasallikni adenovirus, rinovirus, gripp, paragripp va koronavirus, shuningdek, chekish va bronxial astma keltirib chiqarishi mumkin.
Qanday simptomlar bronxitdan darak beradi?
Quruq yoki nam yo‘tal, ko‘krak qafasida bezovtalik ba’zida intoksikatsiya, nafas olishga qiynalish kuzatilishi, o‘pkadan xirillash eshitilishi ham mumkin. Tashxisni rentgen orqali qo‘yib bo‘lmaydi.
Bronxitda yo‘tal qanchalik uzoq davom etadi?
Yo‘tal bronxitning kelib chiqish sababiga ko‘ra bir kun yoki butun umr davom etishi ham mumkin. Bu qandaydir infeksiya bilan bog‘liq o‘tkir bronxit yoki bemorni butun umr bezovta qilishi mumkin bo‘lgan surunkali bronxit bo‘lishi mumkin. Agar bronxit virusli bo‘lsa va boshqa kasalliklar kuzatilmasa, virus 7 kunda o‘tib ketadi. Ammo ba’zi viruslarda yo‘tal uzoq 2-3 hafta davom etishi mumkin.
Virusli bronxitni qanday davolash mumkin?
Hech qanday. Virusli bronxit o‘zi o‘tib ketadi. Simptomlarni bartaraf etadigan, masalan haroratni tushiradigan, yo‘talni kamaytiradigan preparat ichish mumkin. Ko‘p miqdorda suyuqlik ichish, toza havoda sayr qilish muhim sanaladi.
Quruq yo‘talda balg‘am ko‘chiradigan preparat qabul qilish kerakmi?
Surunkali kasalliklarga chalingan bemorlarning balg‘amini suyultirish kerakligini aytmaganda boshqalarga buning hojati yo‘q.
Antibiotik qabul qilish kerakmi?
Antibiotiklar bronxial to‘qimalariga kirmaydi shu sabab ham virusli yoki bakterial bronxitda ham antibiotiklarning keragi yo‘q. Surunkali o‘pka kasalliklari bezovta qiladigan bemorlar bundan mustasno.
O‘tkir bronxit surunkaliga aylanishi mumkinmi?
O‘tkir bronxit o‘z-o‘zidan o‘tib ketadi. Surunkali esa chekadigan yoki hamisha zararli ta’sir ostida bo‘ladiganlar hamda bronxial astmaga chalingan odamlarda kechadi. O‘tkirdan surunkaliga o‘tishi mumkin emas. Chunki ularning har ikkisi ham boshqa-boshqa forma.
Xalq tabobati bronxitda qanchalik yordam beradi?
Asalli, limonli va zanjabilli choy ichganda bronxit bezovta qilgan bemor biroz yengillik his qilishi mumkin, lekin xalq tabobatining o‘zi bilan davolanib bo‘lmaydi.
Manba