Salomatlik Salomatlik Vitamin va tabletkalar yaxshi ta’sir qilishi uchun ularni qanday suyuqlik bilan ichish kerak?

Vitamin va tabletkalar yaxshi ta’sir qilishi uchun ularni qanday suyuqlik bilan ichish kerak?

O'qildi: 323


Vitamin va tabletkalar yaxshi ta’sir qilishi uchun ularni qanday suyuqlik bilan ichish kerak?

Dori mahsulotlarini to‘g‘ri qabul qilish ularning samardorligi kalitidir. Ba’zida odamlar shifokor tavsiya qilgan dori kutilgan natijani bermaganligidan shikoyat qiladi. Afsuski, bunga sabab dori yo‘riqnomasida ko‘rsatilgan tavsiyalarga amal qilmaslik ekanini bilmaydi. Masalan, yo‘qirnomada dori xususiyatlari va ularning organizmga ta’sirini o‘zgartirish mumkin bo‘lgan mahsulotlar bilan yoki boshqa dorilar bilan birgalikda qabul qilish haqida batafsil ma’lumot beriladi.

Foto: “Domashniy ochag”

Nima uchun ayrim ichimliklarni dorilar bilan qabul qilish mumkin emas?

Dori vositalarining samara bermasligining yana bir sababi – mumkin bo‘lmagan ichimlik bilan iste’mol qilinishidadir. Ular turli xil kimyoviy moddalar ta’sirida dori tuzilishini o‘zgartiradi, dori qobig‘ini muddatidan avval eritadi, terapevtik ta’sirini kuchaytiradi yoki aksincha, zaiflashtiradi, dori-darmonlarning nojo‘ya ta’siri tufayli oshqozon-ichak trakti zararlanadi.

Ko‘rsatmani diqqat bilan o‘qish lozim

Ko‘pincha qo‘llanmada dori vositalari bilan ichish mumkin bo‘lmagan ichimliklar ro‘yxatiga keltirilgan bo‘ladi. Agar bunday ma’lumot qayd etilmagan bo‘lsa, dori hamda vitaminlar qaynatilgan va xona haroratida sovutilgan suv bilan qabul qilinishi kerak. Qaynagan suv tarkibida cho‘kmalar hosil bo‘ladi va bunday suv dorining tarkibiy qismlari bilan reaksiyaga kirishmaydi.

Dori-darmonlar bilan qabul qilinishi taqiqlangan ichimliklar

Spirtli ichimliklar dorilarning faol tarkibiy qismlari bilan aloqada bo‘lib, ularning tuzilishini o‘zgartiradi va dori moddalari bilan birgalikda tanaga ta’sir qilishi natijasida gepatotoksiya ehtimolini oshiradi. Masalan, ularga yallig‘lanishga qarshi dorilardan ibuprofen, diklofenak, shuningdek, parasetamol, antibiotiklar kabi preparatlar kiradi. Spirtli ichimlik bilan faqat bitta tabletka ichilsa ham jigarda qaytarib bo‘lmaydigan jarayonlar yuzaga keladi. Spirtli ichimliklar dorilar bilan ta’sirga kirishib, zaharli birikmalarni hosil qiladi hamda organizmni xavf ostiga qo‘yadi.

Mineral va sut bilan birgalikda dori vositasini qabul qilish zararsizdek ko‘rinishi mumkin. Ammo ushbu ichimliklar ba’zi dori vositalarining ta’sir kuchini kamaytirishi mumkin, ayniqsa, oshqozon shirasida preparatni eritib yuborishga yo‘l qo‘ymaydigan qoplamali dorilar shular sirasidan. Shuningdek, ayrim hollarda  iste’mol qilingan mineral suv dori vositasini og‘iz bo‘shlig‘i yoki qizilio‘ngachda eritib yuboradi, buning natijasida oshqozon kislotasi preparatning modda almashinuv jarayonini buzib yuboradi. Bu kabi kapsulalar shaklida bir necha antibiotik va diabetga qarshi vositalar ishlab chiqariladi, albatta, ularni qanday iste’mol qilish dori vositasining yo‘riqnomasida ko‘rsatilgan.

Sharbat tarkibidagi moddalar dorilar bilan kimyoviy reaksiyaga kirishishga qodir. Ushbu ichimlik ta’sirida dorilarning singishi yoki modda almashinuvi jarayoni buziladi. Ayniqsa, greypfrut mevasidan tayyorlangan sharbat ko‘plab dorilarga mos kelmaydi, moddalar faolligini susaytiradi, shu jumladan, dori samaradorligini pasaytiradi. Shu bilan birga, barcha sitrus mevalar va ular asosida tayyorlangan ichimliklar ham salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin, demak, ular bilan dori vositalarini qabul qilishga yo‘l qo‘ymaslik kerak.

Choy tarkibida kuchli qorayish va biriktiruvchi xususiyatlarga ega bo‘lgan modda og‘iz kontratseptivlari, kodein va boshqa dorilarning samaradorligini pasaytirishi mumkin. Ammo bu dori qabul qilganda choydan voz kechish kerak degani emas, taxminan 3 soatdan keyin choy ichish mumkin. Sababi shu soat davomida dori organizmga so‘rilib ulgurgan bo‘ladi.

Qahva bronxial astma va boshqa bir qator kasalliklarni davolashda qo‘llaniladigan preparatlarni iste’mol qilishda nojo‘ya ta’sirlar xavfini oshiradi. Ushbu mahsulotlarni bir vaqtning o‘zida iste’mol qilishda bosh og‘rig‘i, yurak urishining tezlashishi, ortiqcha bezovtalik paydo bo‘lishi mumkin.

Gazli ichimliklarning tarkibida mineral, tuz va boshqa moddalar mavjud bo‘lib, ularning o‘zaro ta’siri natijasida preparatning tarkibiy elementlari bilan birgalikda modda almashinuvi buziladi va salbiy oqibatlarga olib keladi.

Shuni unutmaslik kerakki, ayrim biologik qo‘shimcha va vitaminlar ham xuddi dori vositalari kabi boshqa ichimliklar bilan qabul qilinganda reaksiyaga kirishadi. Shuning uchun har qanday vaziyatda shifokor bilan maslahatlashish oldinda turgan noma’lum xavfdan himoya qiladi.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.