Salomatlik Salomatlik Yurak salomatligi uchun iste’mol qilishdan voz kechish tavsiya qilinadigan 5 mahsulot

Yurak salomatligi uchun iste’mol qilishdan voz kechish tavsiya qilinadigan 5 mahsulot

O'qildi: 262


Yurak salomatligi uchun iste’mol qilishdan voz kechish tavsiya qilinadigan 5 mahsulot

Yurak salomatligida muammolar kuzatilishi turmush tarzi, nasl va albatta, iste’mol mahsulotlari bilan ham bog‘liq bo‘ladi. Zararli mahsulotlarning ratsiondan olib tashlanmasligi yurak qon-tomir bilan bog‘liq kasalliklar yuzaga kelishi hatto yurak xurujiga ham olib kelishi mumkin. Salomatligiga e’tiborli bo‘lgan, uzoq umr ko‘rishni istaydiganlarga quyidagi mahsulotlarni iste’mol qilish tavsiya qilinmaydi.

Foto: “Domashniy Ochag”

Qayta ishlangan go‘sht mahsulotlari

Qayta ishlangan go‘sht mahsulotlari — sosiska, kolbasa va boshqalar salomatlik uchun zararli hisoblanadi. Onkologlar tomonidan kanserogen ekani ta’kidlangan mazkur mahsulotni endilikda kardeologlar tomonidan ham yurak salomatligi uchun ratsiondan qisqartirish tavsiya qilinadi. To‘yingan yog‘lar manbayi bo‘lgan bunday go‘sht mahsulotlariga yaroqlilik muddatini oshirish uchun ko‘p miqdorda natriy qo‘shiladi. To‘yingan yog‘ ham natriy ham yurak faoliyati uchun juda ham xavfli hisoblanadi.

Qizil go‘sht

Siz uchun ishtahali tuyulgan steyk qilib pishirilgan qizil go‘sht yurak va qon-tomirlar uchun zararli bo‘lgan tuz, xolesterin, to‘yingan yog‘larning koni bo‘ladi. Shu sababdan ham uni iste’mol qilishda me’yorga rioya qilish tavsiya qilinadi.

Kartoshkali chips va pop-korn

Ularning har ikkisi ham uy sharoitida tayyorlansa va tuz qo‘shilmasa, foydali bo‘lishi mumkin, lekin xarid qilingani emas. Shundoq ham har kuni tuz miqdori sezilarli darajada oshiriladi. Bu kabi tuzli mahsulotlarning iste’moli esa yurak va qon-tomirlar uchun yanada og‘ir bo‘lishi mumkin. Tuzli mahsulotlarni iste’mol qilishdan tiyiling va o‘zingiz tayyorlaganda ham tuz miqdorini sekin-asta kamaytirib borishga harakat qiling.

Parhezli ichimliklar

Gazlangan suv va sharbatlar yurak uchun xavfli sanaladi. Shakar yoki shakar o‘rnini bosuvchi qo‘shimchalar qo‘shilgan ichimliklarni muntazam iste’mol qilish, yurak faoliyatini ishdan chiqarishi, shuningdek, saratonga ham olib kelishi mumkin.

Tez tayyor bo‘ladigan “lapsha”

Tez tayyor bo‘ladigan makaronlarda kunlik me’yor hisoblangan tuzning teng yarmi bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari barcha tez tayyor bo‘ladigan “lapsha”lar frityur metodi — yuqori haroratdagi ko‘p miqdordagi yog‘da qovurish orqali tayyorlanadi.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.