Salomatlik Salomatlik Organizm uchun zarur bo‘lgan D vitaminining tabiiy, hamyonbop manbalari

Organizm uchun zarur bo‘lgan D vitaminining tabiiy, hamyonbop manbalari

O'qildi: 250


Organizm uchun zarur bo‘lgan D vitaminining tabiiy, hamyonbop manbalari

“Quyosh vitamini” deb ta’rif beriladigan D vitamini inson o‘zini qanday his qilishi va salomatligida muhim rol o‘ynaydi. Uning yetishmasligi bir qancha muammo va hatto kasalliklarga ham sabab bo‘ladi. Ayniqsa, kunlarning sovishi, harorat pasayishi bilan organizmda ushbu vitaminga bo‘lgan talab ortadi. D vitaminini qoplashning bir qancha yo‘llari bor. Quyoshli vanna qabul qilish, dori-darmonlardan foydalanish mumkin. Ammo tabiiy mahsulotlarni iste’mol qilish orqali masalaga oson yechim topish mumkin. Buning uchun quyidagi mahsulotlarni ratsionga kiritish va muntazam ravishda iste’mol qilish tavsiya qilinadi.

Foto: “Domashniy ochag”

Baliq mahsulotlari

Baliq nafaqat D, balki boshqa foydali vitaminlarni ham o‘z ichiga oladi. Uning istalgan turidan taom tayyorlash, pechda, parda pishirib yeyish mumkin.

Jigar go‘shti

Qo‘y yoki molning jigar go‘shtidan tayyorlangan taom yoki pashtet, D vitamini yetishmasligini bartaraf etish bilan birga immunitet ko‘tarilishiga ham yordam beradi.

Sut mahsulotlari

Sariyog‘, pishloq, sut, smetana va boshqa sut mahsulotlarini yeyishni kanda qilmaslik, iloji bo‘lsa, kunni ular bilan boshlash kerak.

Qo‘ziqorin

Qo‘ziqorinni konservalangani yoki istalganidan salat, pitssa va boshqa taomlar tayyorlash tavsiya qilinadi.

Tuxum

Tuxumni D vitamini manbayi desa ham xato bo‘lmaydi. 100 gr tuxumda D vitamini kunlik me’yorining 70 foizi bo‘ladi. Ayniqsa, tuxumning sarig‘i vitaminga boy sanaladi.

Mevalar

Mandarin, kivi, qorag‘at(smorodina), quritilgan anjir hamda petrushka, qichitqi o‘t(krapiva)o‘simliklari ham D vitaminini o‘z ichiga oladi.

O‘simlik yog‘i

O‘simlik yog‘i ham “quyosh vitamini” manbayi, faqat buning uchun termik ishlov berilmaganidan foydalanish kerak.

Tofu, soya suti

Soya sutining foydali ekani sabab uni ratsionga kiritish tavsiya qilinadi.

Tabiiy apelsin sharbati

D vitamini yetishmagan insonlarga 1 stakandan apelsin sharbatini ichish maslahat beriladi.

Margarin

Tarkibida D vitamini bo‘lgan mahsulotlar qatoriga margarin ham kiradi. Bu degani, siz margarin qo‘shib tayyorlangan sevimli pirog yoki shirinligingizni iste’mol qilib ham D vitamini yetishmasligini oldini olishingiz mumkin.

Yuqoridagilarni iste’mol qilishdan tashqari, quyoshli ob-havoda kezish va uning nurlaridan bahra olishni unutmaslik kerak. Kuniga 20 daqiqa, ertalab soat 9 dan 11 ga qadar quyoshda sayr qilish salomatligingiz uchun foydali. Ham iste’mol mahsulotlariga e’tibor berish, ham quyish nurida ko‘proq sayr qilish sizda D vitamini yetishmovchiligi bilan bog‘liq muammolar paydo bo‘lishining oldini oladi.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.