Salomatlik Salomatlik Nima sababdan qon bosimi ko‘tariladi?

Nima sababdan qon bosimi ko‘tariladi?

O'qildi: 289


Nima sababdan qon bosimi ko‘tariladi?

Dunyoda necha minglab insonlar har kuni tonometrdan foydalanishga majbur. Har bir inson salomatligini asrash va xavf-xatardan yiroq bo‘lishi uchun qon bosimi oshishi sababini bilishi kerak. Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining tavsiyasiga ko‘ra, 140 mm va undan yuqori sistolik bosim, 90 yoki undan yuqori diastolik bosim qon bosimining balandligidan darak beradi.

Foto: “Domashniy ochag”

Nima uchun qon bosimi yuqori bo‘ladi?

Qon tomirlarining buzilishi

Gipertonik tipdagi qon tomir tonusining o‘zgarishi bosimning oshishiga olib keladi. Agar boshqa kasalliklar aniqlanmasa, muammo doimiy ravishda qabul qilinishi kerak bo‘lgan dorilar bilan hal qilinadi.

Buyrak kasalligi

Buyraklardagi muammolar tufayli qon bosimining ko‘tarilishi ko‘pincha, peshob chiqarish, og‘riq va achishish bilan birga keladi.

Spirtli ichimliklarni iste’mol qilish

Oz miqdorda qabul qilingan spirtli ichimlikdan mast bo‘lish holati kuzatilsa, demak, qon bosimi bilan muammolar mavjud bo‘ladi. Ko‘p miqdordagi spirtli ichimliklar gipertoniya uchun xavfli omil hisoblanadi, shuningdek, qon bosimining ko‘tarilishiga olib keladi.

Tuzga sezgirlik

Ayrim odamlar natriy tuzining iste’moli tufayli yuqori qon bosimga ega bo‘ladi. Shuning uchun tuz iste’molini kamaytirish, uni kaliy tuziga almashtirish kerak.

Stress

Stress deyarli barcha kasalliklar uchun eng xavfli omil hisoblanadi. Betartib ish, hayotdagi shaxsiy muammo va tashvishlar gipertenziyaning rivojlanishiga sabab bo‘ladi.

Vazn oshishi

Haddan ortiq semirib ketish gipertoniyaning rivojlantirishi mumkin, albatta, boshqa xavflar aniqlanmaganda. Lekin shifokor vazn oshishi qon bosimi bilan bog‘liqligini aniqlagan bo‘lsa, parhezni o‘zgartirish va jismoniy faollikka ko‘proq ahamiyat qaratish kerak.

Yosh

Gipertoniyaga chalinish ehtimoli keksa yoshli insonlarda ancha yuqori. Qon tomirlari devorlarida xolesterin quyuqliklari topilganda xavf kuchayadi.

Irsiyat

Agar oila a’zolarda qon bosimi ko‘tarilishi tez-tez kuzatilsa, bu boshqalarga ham nasldan naslga o‘tishi mumkin. Bunday hollarda gipertoniyaning dastlabki belgilari yoshlikda namoyon bo‘ladi.

Jins

Erkaklarda qon bosimining ko‘tarilish xavfi ko‘proq yurak xurujini rivojlanishi bilan bog‘liq. Yuqoridagi omillardan birortasi kuzatilganda, aslo xavotirga tushmaslik kerak. O‘z vaqtida bosimni nazoratda qilish, turmush tarzini o‘zgartirish va shifokor tomonidan tavsiya etilgan dori-darmonlarni muntazam ravishda qabul qilish qon bosimi tufayli yuzaga keladigan asoratlarning oldini olishga yordam beradi.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.