Salomatlik Salomatlik Oyoq tomirlari nega tortishadi? Ushbu kasallikni qanday bartaraf etish mumkin?

Oyoq tomirlari nega tortishadi? Ushbu kasallikni qanday bartaraf etish mumkin?

O'qildi: 388


Oyoq tomirlari nega tortishadi? Ushbu kasallikni qanday bartaraf etish mumkin?

Ko‘pincha uyquning buzilishi yoki jismoniy harakatning to‘xtashiga tomir tortishishi sabab bo‘ladi. Tomir tortishishi yoki qisqarishi turli xil sabablar tufayli yuz beradi va bu deyarli barcha insonda kuzatiladi. Ushbu kasallik yoshlar va qarilarni ham bir xilda bezovta qiladi.

Foto: “Becoral.eu”

Tomir tortishishi yoki mushaklarning siqilishi sog‘lom odamlarda ham dam olish payti, shu jumladan, kechasi, jismoniy mashqlar payti yoki boshqa istalgan paytda sodir bo‘lishi mumkin. Ko‘pincha tomir tortishishi son, oyoqning old va orqa tomonlarida yuz beradi. Tunda tomir tortishishi oyoq va barmoqlarni bukilishiga olib keladi.

Oyoqlarda tomir tortishib qolishining sababi nimada?

  • Mushaklarning toliqishi va ortiqcha yuk;
  • Mushaklarning yetarli darajada cho‘zilmasligi;
  • Suvsizlanish;
  • Tanaga minerallar, vitaminlar va elektrolitlar yetishmasligi;
  • Varikoz tomirlarida qon ta’minotining yetarli emasligi;
  • Yuqori harorat va namlikda ishlash va o‘qish;
  • Jarohatlar;
  • Spirtli ichimliklarni haddan tashqari iste’mol qilish va chekish;
  • Ayrim dori vositalarini qo‘llash;
  • Asab va ruhiy kasalliklar: nevroz, epilepsiya, o‘tkir psixoz;
  • Modda almashinuvi buzilishi;
  • Zaharlanish;
  • Endokrin kasalliklar(qandli diabet)
Qanday qilib tomir tortishishining oldini olish mumkin?

Agar ish faoliyati unchalik ko‘p harakat talab qilmasa, ko‘proq jismoniy mashqlarni bajarib turish kerak. Ish paytida muntazam ravishda harakatlanish, qisqa yurish, turish va cho‘zilish kerak. Bu mushaklarga yordam beradi va tomir tortishishining oldini oladi.

Ish yuzasidan uchrashuvlar, tashriflar ko‘p bo‘lishi mumkin. Ammo inson o‘ziga g‘amxo‘rlik ko‘rsatishini ham unutmasligi kerak. Odatda kunlik rejaga amal qilmaydigan odamlar me’yorida suyuqlik ichish va ovqatlanishni unutadi. Jismoniy mashqlarni ham bajarmaslik shunday holatlardan so‘ng kelib chiqadi.

Foto: “Domashniy ochag”

Aksariyat homilador ayollarda homila 6-7 oyligidan boshlab, muntazam ravishda tomir tortishishi kuzatiladi. Ushbu hodisaning asosiy sababi aniqlanmagan, ammo qon aylanishining pasayishi, charchoq, stress va bola og‘irligi bunga sabab bo‘lishi mumkin. Shuning uchun ham homilador ayollar yetarli darajada dam olishi va suyuqlik ichish tavsiya etiladi. Shuningdek, toza va gazsiz mineral suvlar ichish kerak.

Tomir tortishib qolishining oldini olish va davolash

  • Sayr, mashg‘ulot, cho‘zilish;
  • Yetarli miqdorda suv ichish(sutkasiga kamida 1,5 litr)
  • Mineral va elektrolitlar yetishmasligini bartaraf etish.
Agar varikoz tomirlari bo‘lsa nima qilish kerak?
  • Shifokor maslahatlariga amal qilish;
  • Yog‘li, shirin, sho‘r mahsulotlardan saqlanish;
  • Spirtli ichimliklar iste’molini kamaytirish;
  • 3 kilogrammdan ortiq yuk ko‘tarmaslik;
  • Ratsionga C va E vitaminiga boy mahsulotlarni kiritish;
  • Faol harakatda bo‘lish kerak, ammo og‘ir sport turidan saqlanish kerak.
  • Oyoq uchida yurish va yugurish tavsiya etiladi. Kichik va tor o‘lchamdagi poyabzal va kiyim kiyish mumkin emas.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.