Salomatlik Salomatlik Tarkibida C vitamini apelsindan ham ko‘proq bo‘lgan kuzgi mahsulotlar

Tarkibida C vitamini apelsindan ham ko‘proq bo‘lgan kuzgi mahsulotlar

O'qildi: 280


Tarkibida C vitamini apelsindan ham ko‘proq bo‘lgan kuzgi mahsulotlar

Kuzga xos bo‘lgan shamollash va ayni damda mavjud koronavirusga qarshi organizmning kurashishi uchun C vitamini muhim sanaladi. Mazkur vitamin immunitetni mustahkamlaydi va organizmga virusga qarshi kuch beradi.

Foto: FirstCry Parenting

Brokkoli

100 gramm brokkoli, 89 mg C vitaminini ichiga oladi, inson organizmi esa kuniga 90 mg C vitaminiga ehtiyoj sezadi. Suyaklar mustahkamligi va qon uchun ahamiyatli bo‘lgan K vitamining kunlik dozasi ham mazkur sabzavot tarkibida bo‘ladi.

Shirin bulg‘or qalampiri

Yashil bulg‘or qalampirida 95 mg, sariq bulg‘or qalampirida esa 341 mg C vitamini bo‘ladi. Bundan tashqari ichaklar salomatligi uchun muhim sanalgan ko‘p miqdordagi kletchatkani ham o‘z ichiga oladi. Yog‘ni tez parchalash xususiyatiga ega bo‘lgan shirin bulg‘or qalampirining, ayniqsa, qizilida foydali antioksidantlar ko‘p bo‘ladi.

Kivi

Kunlik me’yorda C vitaminini qabul qilish uchun o‘rtacha kattalikdagi kivi iste’mol qilish kifoya. Shuningdek, mazkur yashil va mazali meva kaliy hamda “baxt gormoni” seratoninning koni.

Bryussel karami

Karamning mazkur turi sabzavotlar orasida C vitaminiga boy ekani bilan chempion hisoblanadi. Uning bir porsiyasida 96,8 mg C vitamini, shuningdek, saratonning oldini olishi mumkin bo‘lgan fitonutriyentlar va kletchatkalar mavjud. Uni haftasiga bir marotaba iste’mol qilish orqali salomatlikda ijobiy o‘zgarishlarni kuzatsa bo‘ladi.

Gulkaram

Gulkaram kletchatkalar, shuningdek, C vitaminining koni hisoblanadi. Uning katta bo‘lmagan bir bo‘lagida kunlik me’yordan 1,5 marta ko‘p ­­— 123 mg C vitamini bo‘ladi.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.