Salomatlik Salomatlik Bulg‘or qalampirining ko‘pchilikka ma’lum bo‘lmagan foydali xususiyatlari

Bulg‘or qalampirining ko‘pchilikka ma’lum bo‘lmagan foydali xususiyatlari

O'qildi: 277


Bulg‘or qalampirining ko‘pchilikka ma’lum bo‘lmagan foydali xususiyatlari

Bulg‘or qalampiri nafaqat yoqimli, shirin ta’mga ega, balki inson organizmi uchun foydali bo‘lgan sabzavot hisoblanadi. Biologik ta’siriga ko‘ra farq qiluvchi qizil, sariq, yashil navlari mavjud.

Foto: “aif.ru”

Shirin qalampirning asl vatani Amerika. U yerda qalampir ekish va sug‘orishni talab qilmaydigan ko‘p yillik butalarda o‘sadi. Amerikadan XVI asrda Kolumb dengizchilari Ispaniyaga olib kelgan, keyin Yevropa va Kichik Osiyoga tarqalgan. Birinchi shirin qalampir navlari Venger va Bulg‘or seleksionerlari tomonidan XX asr boshlarida yaratilgan. Hamma sevib qolgan birinchi shirin qalampir navlari shu tarzda paydo bo‘lgan. Rossiyaga esa XIX asrda bulg‘or ko‘chmanchilari bilan birga kirib kelgan va juda sevimli sabzovotga aylangan. Shundan buyon u bulg‘or qalampiri, deb yuritiladi, aytmoqchi, Rossiya va MDH davlatlarida shunday nom bilan tanilgan, Yevropa va boshqa mamlakatlarda esa shirin qalampir, deb nomlanadi.

Tadqiqot natijalariga ko‘ra, bulg‘or qalampiridan muntazam iste’mol qilish yurak-qon tomir kasalliklarini bartaraf etadi, ovqat hazm qilish tizimlarini yaxshilaydi, saraton, anemiya va ko‘rish kassaliklarining oldini oladi. Hatto ba’zi dorilar uning asosida ishlab chiqariladi.

Foto: “fermoved.ru”

Mahsulotning foydali xususiyati

100 gramm bulg‘or qalampirida quyidagi vitamin va minerallar mavjud:

  • C vitamini – 250 mg;
  • A vitamini – 333 mkg;
  • V 6 vitamini – 50 mkg;
  • V 9 vitamini – 17 mg;
  • E vitamini – 67 mkg;
  • kaliy – 163 mg;
  • marganets – 16 mg;
  • fosfor − 16 mg;
  • magniy − 7 mg;
  • temir − 60 mg.
C vitamini immunitet tizimini mustahkamlaydi va tana vaznini kamaytirishga yordam beradi. V 6 vitamini qonning yetarli darajada hosil bo‘lishi uchun juda muhimdir. V 9 vitamini homiladorlik paytida homila to‘qimasini shakllantirishda juda foydali. Kaliy qon bosimi va yurak faoliyati uchun mas’uldir. A vitamini ko‘rish faoliyatini normallashtiradi. Bulg‘or qalampirining 92 foizi suvdan iborat va juda kam kaloriyaga ega.

Antioksidantlarning mavjudligi

Antioksidant moddalar xavfli o‘sma kasalliklari, shuningdek yurak-qon tomir va endokrin tizim kasaliklarini rivojlanish xavfini kamaytiradi.

Ko‘rish faoliyatini yaxshilash xususiyati

Ko‘z kasalliklari orasida yoshga bog‘liq ko‘z pardasi degeneratsiyasi va katarakta eng ko‘p uchraydigan kasallik hisoblanadi. Kanada va amerikalik olimlarning tadqiqotlariga ko‘ra, qalampir tarkibidagi lyutein va zeaksantin moddalari ko‘zdagi degenerativ va patologik o‘zgarishlarini oldini oladi va katarakta kasalligi rivojlanish xavfini xam 42 foizga kamaytiradi.

Foto: Food-Mood

Anemiya profilaktikasi

Anemiya qonda eritrotsitlar yoki gemoglobin darajasining pasayishi bilan tavsiflanadigan holatdir. Anemiya odatda homiladorlik paytida, surunkali buyrak kasalligi yoki tez-tez qon yo‘qotish fonida, noto‘g‘ri ovqatlanish sababli yuzaga keladi.

Qizil bulg‘ori qalampiri temir manbayi bo‘libgina qolmay, balki C vitaminiga ham boy, bu temir moddasining ichaklarda so‘rilishini yaxshilaydi. Fransiyalik mutaxassilarning ta’kidlashicha, C vitaminiga boy bo‘lgan har qanday meva yoki sabzovotlar anemiyaning oldini olish va davolash uchun foydalidir.

Ovqat hazm qilish tizimi

Argentinada olib borilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, shirin qalampir oshqozon-ichak trakti faoliyatini normallashtiradi, diareya va ich qotishining oldini oladi.Tarkibida juda ko‘p miqdorda tola bo‘lganligi sababli, qalampir ichak mikroflorasini qo‘llab-quvvatlaydi: u foydali mikroorganizmlarning ko‘payishini rag‘batlantiradi. Patogen bakteriyalarning hayotiy faoliyatini so‘ndiradi. Bulg‘or qalampirini doimiy iste’mol qilish yo‘g‘on hamda to‘g‘ri ichakda xavfli o‘sma paydo bo‘lishining oldini oladi.

Yurak-qon tomir kasalliklari

Fransiya olimlarining fikriga ko‘ra, qalampirda tola va C vitamini borligi sababli qon sifati yaxshilanadi va arterial tomirlar ichki qoplama hujayralarining shikastlanishiga yo‘l qo‘ymaydi. Kapsaitsin qondagi yomon xolesterin miqdorini kamaytiradi, shuningdek, hujayralar yallig‘lanishining oldini oladi. Natijada ateraskleroz va unga bog‘liq kasaliklar: yurak, qon tomirlari kasalligi, miokard infarktining oldini oladi. Kaliy qon bosimini pasaytiradi va yurak urishini normallashtiradi, bu nafaqat gipertoniya kasalligini rivojlanishining oldini oladi, balki uning asoratini ham bartaraf etadi. Shuningdek, yurak-qon tomir kasalliklari rivojlanishining oldini olish uchun doimo shirin qalampir iste’mol qilish tavsiya etiladi.

Shifokor Xurshid A’zamxo‘jayev tavsiyalari asosida tayyorlandi





Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.