Ayollar yurak xuruji haqida nimalarni bilishi kerak?
Statistikaga ko‘ra, ayollar saraton kasalligidan ko‘ra ko‘proq yurak-qon tomir kasalligidan vafot etadi. Ammo aksariyat insonlar yurak xuruji kasalligi odatda erkaklarda ko‘p uchraydi, degan fikr bilan yashaydi.
Foto: “Domashniy ochag”Yurakning hajmi qancha ekanligini bilasizmi?Qo‘lning musht qilingan holati yurakning o‘lchami bilan barobar hisoblanadi. Uning vazni 300 grammni tashkil etadi. Kuniga 100 000 marotaba uradi, 5,5 litr qonni haydaydi va tinimsiz mehnat qiladi.
Yurak-qon tomir kasalliklari insoniyat tarixidan buyon u bilan birga va hanuzgacha rivojlanishda davom etmoqda. Bugungi kunda yurak kasalligi butun dunyo bo‘yicha o‘lim holatlarining asosiy sababiga aylangan, 2016-yilda ushbu kasallik tufayli 17,6 million o‘lim qayd etilgan. Olimlarning taxminlariga ko‘ra, 2030-yilga kelib bu ko‘rsatkich 23,6 millionni tashkil etishi mumkin.
Ayollarning yuragi erkaklarnikidan nimasi bilan farq qiladi?
Ayollarda yurak vazni biroz kamroq, lekin daqiqasiga 8 marta tezroq uradi. Infarkt ayol va erkakni farqlamaydi, barchaga birdek tahdid soladi. Har bir ayol umri davomida yurak-qon tomiri kasalligiga duch keladi. Ayniqsa, 35 yoshdan o‘tgan ayollarda o‘lim va nogironlikning asosiy sababchisi mazkur kasallik bo‘lib qolmoqda.
Yoshi katta insonlarda uchraydigan yurak xastaligi yildan yilga yasharib, semirib ketish va gipertoniya tobora yoshlar auditoriyasini ham egallamoqda.
Manba