Salomatlik Salomatlik Varikozning oldini oladi, ko‘rish qobiliyati yaxshilanadi — velosipedda sayr qilishning foydali jihatlari

Varikozning oldini oladi, ko‘rish qobiliyati yaxshilanadi — velosipedda sayr qilishning foydali jihatlari

O'qildi: 258


Varikozning oldini oladi, ko‘rish qobiliyati yaxshilanadi — velosipedda sayr qilishning foydali jihatlari

Velosiped minish salomatlikka foydaligidan tashqari, kishini diqqati oshishi, psixologik ahvoli va ko‘rinishi yaxshilanishiga sababchi bo‘ladi.

Foto: “5 kanal”

Kayfiyat a’lo, uyqu esa tiniq bo‘ladi

Velosayohat ham jismoniy mashq bo‘lib, trenirovka vaqtida organizmdan ajraladigan endorfin gormoni ishlab chiqarilishiga sababchi bo‘ladi. Endorfin gormon stressi kortizolni kamaytiradi va shu sabab o‘zingizni yaxshi his qilishingiz va to‘yib uxlashingiz mumkin bo‘ladi.

Hazm jarayoni yaxshilanadi

Velosayohatdan keyin kishi ochiqqanini his qiladi, ishtaha ochilishi esa moddalar almashinuvi yaxshilanganini bildiradi. Metabolizmning tezlashishi esa taomning tez hazm bo‘lishi va organizmda yog‘ bo‘lib to‘planmasligiga olib keladi.

Mushaklar tonusi yaxshilanadi

Velosiped uchganda organizmdagi barcha mushaklar faol harakatlanadi va tonusda bo‘ladi. Mushaklar chiniqishi, qon aylanishini yaxshilanishi esa salomatlikka ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

Teri ahvoli yaxshilanadi

Velosayohat qilishni kanda qilmaydiganlar terisining holat ijobiy tomonga o‘zgarganini tez payqaydi. Gap shundaki, toza havoda jismoniy harakat sabab qon sirkulyatsiyasi, hujayralarning kislorod va boshqa oziq moddalar bilan ta’minlanishi yaxshilanadi. Bunda toksinlar kamayib, kollogen miqdori ko‘payadi va terining erta qarishining oldi olinadi. Natijada teri tiniq va sog‘lom ko‘rinadi.

Fikrlash qobiliyati yaxshilanadi

Toz havoda velosiped uchganda miyaning qon va kislorod bilan ta’minlanishi yaxshilanadi. Retseptorlarning tiklanishi va faollashishi hamda xotira uchun javob beradigan miya qismi — gippokampda yangi hujayralar paydo bo‘lishiga ta’sir qiladi. Shuningdek, miyaning kislorod bilan ta’minlanishi natijasida neyronlar faoliyati yaxshilanadi.

Yurak qon-tomir faoliyatida ijobiy o‘zgarishlar

Velosiped uchganda yurak mushaklari mustahkamlanadi, tomirlar tonusi ortib, “yomon” xolesterin miqdori kamayib, “yaxshi” xolesterin ko‘payadi.

Hujayralar kislorod bilan to‘yinadi

Megapolislarda yashaydigan deyarli barcha aholi gipoksiya — a’zolar, to‘qima va qonga kislorod yetishmasligidan aziyat chekadi. Velosayohat esa ushbu muammoga yechim bo‘ladi. Uchish davomida o‘pkalar doimgidan faolroq ishlaydi va kislorod qon orqali hayot uchun muhim bo‘lgan a’zolarga yetib boradi.

Varikozning oldini oladi

Pedalni aylantirish vaqtida tomirlar salomatligi yaxshilanadi. Gap shundaki, oyoqlarning aylanma harakat vaqtida tomirlarda qon faol harakatlanadi, shu bilan birga, zo‘riqish kuzatilmaydi, bu esa bo‘g‘inlar salomatligi uchun foydali hisoblanadi.

Ko‘rish qobiliyati yaxshilanadi

Uchish davomida odam yo‘lni kuzatishiga to‘g‘ri keladi. Diqqat yo‘lga qaratilishi va nigohning bir predmetdan ikkinchisiga o‘tkazilishi ko‘z mushaklari uchun mashq bo‘ladi va ko‘rishning ravshanlashishiga sabab bo‘ladi.

Vestibulyar apparatga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi

Muvozanatni saqlashga urinish vestibulyar apparat uchun ham mashq hisoblanadi. Balans, muvozanat va koordinatsiya yaxshilanishi uchun ham velosipedda sayr qilishni kanda qilmaslik tavsiya qilinadi.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.