Salomatlik Salomatlik Vitaminlar qiroli: D vitamini salomatlik uchun qanchalik muhim?

Vitaminlar qiroli: D vitamini salomatlik uchun qanchalik muhim?

O'qildi: 420


Vitaminlar qiroli: D vitamini salomatlik uchun qanchalik muhim?

D vitamini inson organizmda bir qancha vazifalarni bajarilishida muhim rol o‘ynaydigan gormon ham hisoblanadi. Uning yetishmasligi bir qancha kasallik va muammolarga sabab bo‘ladi.

Foto: Elite Daily

D vitaminining yetishmasligi sabablari?

Quyosh nurlarining yetishmasligi va uzoq vaqt yopiq joyda bo‘lish “quyosh vitamini” yetishmasligining asosiy sabablaridan biri hisoblanadi. Ovqatlanishda balansning bo‘lmasligi, organizm makro va mikroelementlarga ehtiyoj sezishi, homiladorlik va laktatsiya vaqti, yosh o‘tishi, ichaklar mikroflorasining buzilishi va bir qator kasalliklar ham organizmda D vitaminiga bo‘lgan ehtiyojni ortishiga sabab bo‘ladi.

D vitamini nima uchun kerak?

Qondagi kalsiy miqdorini ta’minlash, raxitni oldini olish, suyaklar tish va tirnoqlarning mustahkam bo‘lishi uchun muhim.

Teri

Psoriaz, dermatit, ekzema va boshqa kasalliklarda kuzatiladigan teridagi muammolar kelib chiqmasligining oldini oladi va kamaytiradi. Dermatologlar esa teri kasalliklariga qarshi kurashishda D vitaminini qabul qilishni eng samarali usullardan biri sifatida tavsiya qiladi. O‘tkazilgan tadqiqotda psoriaz kasalligiga chalingan bemorlarning 62 foizida D vitamini yetishmasligi aniqlangan.

Immun tizimi

D vitaminini qabul qilish immun sistemasini mustahkamlaydi, infeksion kasalliklar — ORVI, OITV(orttirilgan immunitet tanqisligi virusi, VICh), tuberkulyozga chalinish xavfini kamaytiradi. Shuningdek, autoimmun kasalliklar 1-turdagi qandli diabet, revmatoid artrit, vitiligo va boshqalarning oldini oladi, koronavirusdan ham profilaktika hisoblanadi.

Hazm jarayonini yaxshilaydi

D vitamini hazm jarayoni va psixoemotsional ahvol uchun foydali. Tushkunlik, charchoq va agressiya mazkur vitamin yetishmasligidan darak berishi mumkin. Organizm “quyoshli kayfiyat”ga ehtiyoj sezganda hazm jarayonida ham muammolar kuzatiladi. Ayniqsa, havo harorati sovishni boshlaganda, kuz-qish mavsumida “quyosh vitamini”ga bo‘lgan ehtiyoj yuqori bo‘ladi.

Markaziy nerv sistemasiga ta’siri

D vitamini va MNS o‘rtasida bog‘liqlik ham mavjud. Uning miqdori kam bo‘lganda kognitiv funksiyalar susayishi, demensiya kuchayishi va Altsgeymer kasalligiga rivojlanishi mumkin. Shuningdek, profilaktika maqsadida D vitaminini harakatlari va koordinatsiyasida o‘zgarishlar sezilgan keksa yoshli kishilarda qo‘llanishi ham ijobiy samara beradi.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.