Salomatlik Salomatlik Shamollashni davolashda hamma yo‘l qo‘yadigan xatolar

Shamollashni davolashda hamma yo‘l qo‘yadigan xatolar

O'qildi: 273


Shamollashni davolashda hamma yo‘l qo‘yadigan xatolar

Virusli kasalliklarni xalq tabobatining o‘zi bilan davolash mumkinligi haqidagi qarashlar yo‘q emas. Ammo zanjabilli choy yoki issiq dush qabul qilish bilan kasallik davolanib qolmaydi, vaqtincha yordam berishi yoki yengillik his qilinishi mumkin xolos.

Foto: Shutterstock

Asrlar davomida sinalgan xalq tabobati fan tomondan tekshirilgan va sinalmaganini yodda tutish kerak. Ulardan foydalanish yoki qabul qilish organizmdagi muammoni butunlar bartaraf etmaydi, shunchaki yengillashtirishi mumkin.

Masalan: Kasallik boshlanganda tanani hammom, sauna yoki qaynoq dush qabul qilish orqali qizdirish kerak.

Xalq tabobatiga ko‘ra: bu orqali tana harorati ko‘tarilib organizm viruslarga qarshi kurasha boshlaydi. Bunda yuqori harorat viruslarni o‘ldiradi deb o‘ylanadi.

Aslida esa: Bunda shunchaki tashqi harorat ko‘tariladi. Hech qanday dush qabul qilish yoki sauna ichki a’zolar harorati, shuningdek, viruslarga qarshi kurashish uchun muhim bo‘lgan oqsil — interferonning ishlab chiqarilishiga ta’sir qilmaydi.

Masalan: zanjabil, asal, limon va malinali choy ichishni kanda qilmaslik kerak.

Xalq tabobatiga ko‘ra: bunday ichimliklar ham organizmni qizdiradi, shuningdek, C vitamini ko‘pligi sabab yallig‘lanishga qarshi xususiyatga ega.

Aslida esa: Yuqoridagi qarash qisman to‘g‘ri. Nafas yo‘llarining infeksion kasalliklarida virus va toksinlar organizmdan chiqib ketishi uchun darhaqiqat ko‘p suyuqlik kerak. Ammo iloji boricha oddiy qaynatilgan suv, shakarsiz suyuqlik ichish kerak. Choy tarkibida organizmda suyuqlikni ushlanib qolishiga sababchi bo‘ladigan kofein va taninlar bo‘ladi. Ichimlik tarkibida davolashni yaxshilaydigan darajada vitamin ko‘p bo‘lmaydi.

Masalan: C vitaminini ko‘p iste’mol qilish

Xalq tabobatiga ko‘ra: Antioksidantlik va yallig‘lanishga qarshi xususiyatga ega bo‘lgan C vitamini kasallikning oldini olishi yoki shamollashning kechish muddatini qisqartiradi.

Aslida esa: Bu biroz bahsli qarash. Chunki C vitamini rostan ham kuchli ta’sirga ega antioksidant va hujayralarni virusdan himoya qilish xususiyatiga ega. Boshqa tomondan qaraganda, C vitamining ko‘p miqdorda qabul qilinishi organizmga zarar yetkazishi mumkin. Nima bo‘lgan taqdirda ham dorilarni mutaxassis tavsiyasiga binoan qabul qilish kerak.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.