Salomatlik Salomatlik Immunitet mustahkamlanishiga hissa qo‘shadigan 4 tavsiya

Immunitet mustahkamlanishiga hissa qo‘shadigan 4 tavsiya

O'qildi: 258


Immunitet mustahkamlanishiga hissa qo‘shadigan 4 tavsiya

Quyida keltirilgan tavsiyalar organizmning virus va boshqa infeksiyalarga qarshi kurashishiga yordam beradi.

Foto: “Domashniy ochag”

Tiniqib uxlang

Qancha kam uxlasangiz, virus bilan kasallanish ehtimoli shuncha yuqori bo‘ladi. Gap shundaki, immun tizimi aynan kishi uxlaganida faolroq ishlaydi, bu vaqtda organizmda “bosqinchilar” bilan kurashadigan oqsil ajraladi. Kam uxlaganda yoki kechki dam yetarlicha bo‘lmaganda oqsillar kam ajralib, himoya susayadi.

Faol bo‘ling

Tadqiqotlarda hatto biroz jismoniy faol bo‘lish virus va bakteriyalar bilan kasallanish darajasini kamaytirishi aniqlangan. Qolaversa, boshqa bir qancha tadqiqotlarda jismoniy mashqlar yallig‘lanishga qarshi ta’sir qilishi hamda immunitetni mustahkamlashi tasdiqlangan.

Tinchlaning

Odam asabiylashganda organizm bor diqqatini stress bilan kurashishga qaratadi. Stress gormoni — kortizol miqdorining oshishi infeksiyalar bilan kurashadigan leykotsitlarning kamayishiga olib keladi. Shu sabab ham kuningiz qanday o‘tganidan qat’i nazar, tinchlanish va sokinlashishga harakat qiling.

C vitaminiga boy mahsulotlarni iste’mol qiling

Salomatlik bilan bog‘liq muammolarning oldini olish uchun C vitaminini nafaqat qo‘shimcha sifatida qabul qilish, balki ushbu vitaminga boy mahsulotlarni kanda qilmaslik kerak. Ushbu antioksidant immun tizimining mustahkamlanishiga hissa qo‘shadi.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.