Shirinlikka moyillik, burundagi quruqlik — immunitet pasayganini anglatuvchi belgilar
Immunitet – tananing tashqi va ichki tahdidlarga qarshi kurashish qobiliyatidir. Stress, nosog‘lom ovqatlanish, jismoniy harakatsizlik, kasallik, zararli odatlar – bularning barchasi himoya tizimida bo‘shliqlar paydo bo‘lishiga olib keladi. Immunitet esa ularga qarshi ta’sir qilolmaydi. Agar quyida ro‘yxatdagi belgilarning kamida yarmi kuzatilsa, immunitet pasayadi va salomatlik xavf ostida qolishi mumkin.
Foto: “Domashniy ochag”Organizm doim shirinlikni talab qiladi
Shirinlikka bo‘lgan ehtiyoj o‘z-o‘zidan immunitetni zaiflashtiruvchi belgi emas, ammo ratsionda shakar miqdorining ko‘payishi himoya kuchini susaytirishi mumkin. Kuniga 100 gramm shakar taxminan 5 soat davomida immunitet faoliyatini to‘xtatadi.
Kam yoki yaxshi uxlamaslik
Tungi uyqu paytida tana hamda miya tetiklashadi. Uyqu vaqtida immunitet tizimi kun davomida duch kelgan yangi bakteriya va viruslarni xavf-xatarlar ro‘yxatiga qo‘shib qo‘yadi. Ammo yetarlicha uyqu bo‘lmasa, ushbu mexanizm samarali ishlay olmaydi – natijada himoya tizimi yomonlashadi. Bu holatdan so‘ng ORVI yoki gripp, oddiygina shamollash bemorda og‘ir kechadi va uni bartaraf etish uchun ham ko‘p vaqt talab etiladi.
Yog‘li ovqatlarni ko‘p iste’mol qilish
Yog‘ga to‘yingan ovqatlar tanadagi yallig‘lanish jarayonining rivojini qo‘zg‘atadi, immunitetga ortiqcha yuk yuklaydi va oxir-oqibat uni zaiflashtiradi. Parhezda o‘simlik moyi, baliq yog‘i va yong‘oqlar kabi yetarlicha to‘yinmagan yog‘lar mavjud bo‘lgan mahsulotlarga ahamiyat berish kerak. Ushbu mahsulotlar tanada yallig‘lanishga qarshi kurashishga va hattoki patogenlarni tanib olishga yordam beradi.
Kam suyuqlik ichish
Yetarli miqdorda suyuqlik ichmaslikni aniqlash juda oson. Agar peshob rangi och sariq somon rangida bo‘lsa, u holda hammasi joyida, xavotir oladigan hech narsa yo‘q. Ammo uning rangi to‘yingan yoki qizg‘ish bo‘lsa, bu suyuqlik miqdori kamligini ko‘rsatadi. Bu esa, albatta, immunitetga ta’sir o‘tkazadi.
Burun oqishi va undagi quruqlik
Burun shilliq qavati bakteriya va viruslar uchun tabiiy to‘siq hisoblanadi. Agar havoda namlik yetarli emasligi sababli shilliq qavat qurib qolsa, mikroblar halqumga osongina kirib boradi va kasallanish holati kuzatiladi. Muammoni hal qilishda namlagich yoki burun uchun sprey yordam berishi mumkin. Ammo quruqlik uzoq muddat davom etsa, shifokorga murojaat qilish zarur.
Kam harakat qilish
Buyuk Britaniyaning “Sport tibbiyoti” jurnalida chop etilgan tadqiqotga ko‘ra, haftasiga bir marta jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanganlar mashq qilmagan insonlarga qaraganda salomatlikni qayta tiklash uchun 42 foiz vaqt ketadi. Shuning uchun kichik yoki oddiy yurish ham immunitetni kuchaytiradi.
Manba