Salomatlik Salomatlik Apelsin, choy, asal – nega ularni koronavirus bilan kasallanganda iste’mol qilish mumkin emas?

Apelsin, choy, asal – nega ularni koronavirus bilan kasallanganda iste’mol qilish mumkin emas?

O'qildi: 266


Apelsin, choy, asal – nega ularni koronavirus bilan kasallanganda iste’mol qilish mumkin emas?

Kasallik vaqtida nafaqat shifokorning barcha ko‘rsatmalariga rioya qilish, balki dam olish, buyurilgan dori-darmonlarni ehtiyotkorlik bilan qabul qilish hamda parhezga rioya qilish juda muhim. Sababi bu paytda organizm bor kuchini kasallikka qarshi kurashga sarf qilishi kerak. Agar organizmni noo‘rin ovqat yeyishga majburlasa, sog‘likning tiklanishi kechikishi mumkin. Quyida koronavirus bilan kasallanganlar uchun mumkin bo‘lmagan mahsulotlar haqida batafsil ma’lumot berib o‘tamiz.

Foto: “Domashniy ochag”

Asal yoki malinali choy

Albatta, hammasi shakar bilan bog‘liq. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, asal yoki malinali choy organizmning tabiiy himoyachilari – limfotsitlar vazifasini pasaytiradi. Kasallik paytida qancha ko‘p shirinlik ichilsa yoki iste’mol qilinsa, organizm virusga qarshi shuncha sekin kurashadi. Malinali murabbo, shunchaki shirin choy, salqin ichimliklar va asal – ushbu mashhur ichimliklarning barchasi immunitetli hujayralarga hujum qiladi va kasallikdan himoyalanishga imkon bermaydi.

Apelsin, limon va mandarin

To‘g‘ri, sitrus mevalarda immunitetni yaxshilaydigan C vitamini ko‘p. Ammo ularning nordon sharbati allaqachon yallig‘langan tomoq va burunning shilliq pardalarini bezovta qiladi. Shuningdek, ularning o‘z vaqtida tiklanishiga to‘sqinlik qiladi. Shunday qilib, sitrus mevalar sog‘lomlikda yaxshi, ammo kasallanganda esa olma foydaliroq.

Choy va qahva

Tananing suvsizlanishi koronavirus paytida insonni kutib turuvchi xavflardan biridir. Tana harorati unchalik yuqori bo‘lmasa ham, suyuqlik tanadan faol ravishda chiqarib yuboriladi. Bu bilan organizm virusni chiqarishga harakat qiladi. Aytgancha, oddiy shamollash, gripp kasalligida ham ko‘p miqdorda suv ichish tavsiya etiladi. Ammo choy va qahva tarkibida kofein ko‘pligi tufayli ular aks ta’sir qilishi mumkin. Bu holatda esa suvsizlanish kuzatiladi va salomatlikni  yomonlashtiradi. Albatta, kofeinning tetiklashtiruvchi ta’siri kasallik paytida mumkin emas. Uyqu esa haqiqatan ham virusli infeksiyalardan tezroq qutilishga yordam beradi.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.