Salomatlik Salomatlik Tuxum iste’mol qilganda organizmda qanday o‘zgarishlar sodir bo‘ladi?

Tuxum iste’mol qilganda organizmda qanday o‘zgarishlar sodir bo‘ladi?

O'qildi: 361


Tuxum iste’mol qilganda organizmda qanday o‘zgarishlar sodir bo‘ladi?

Tuxum oqsilning ajoyib manbai bo‘lib, go‘shtdan farqli o‘laroq, organizm tomonidan tez va oson hazm bo‘ladi. Bundan tashqari, u kun davomida energiya bilan ta’minlaydi. Shuning tufayli ko‘pchilik nonushta uchun suli yormasi yoki sendvich o‘rniga omlet iste’mol qilishni afzal ko‘radi, deb yozadi Elle.

Foto: Elle

Tuxum iste’mol qilganda organizmda nima sodir bo‘lishini va sog‘likka zarar bermasdan kuniga qancha tuxum iste’mol qilish mumkinligini bilib oling.

Tuxumning qanday foyda va zararlari bor?

Foydalari:

  • tuxum iste’mol qilish qon tomirlari faoliyatini yaxshilaydi: chunki tuxumda qon tomirlarini kengaytiruvchi aminokislota arginin mavjud;
  • tuxumda yurak-qon tomir kasalliklari xavfini kamaytiradigan foliy kislotasi mavjud;
  • tuxumda xolin mavjud bo‘lib, u miyaga atsetilxolin sintezida yordam beradi(xotira va o'rganish uchun mas’ul);
  • tuxumlarini muntazam iste’mol qilish sog‘lom odamlarda tomir tortishishi va yallig‘lanishning oldini oladi.
Zararlari:
  • qandli diabet bilan og‘rigan bemorlarda xolesterin darajasining yuqori bo‘lish xavfi mavjud(mutaxassis bilan maslahatlashish zarur);
  • kamdan-kam hollarda tuxumni tez-tez iste’mol qilish allergik reaksiyaga olib kelishi mumkin;
  • tuxum tarkibida B7 vitaminini zararsizlantiradigan avidin mavjud.
1-2 dona tuxum iste’mol qilish katta zarar qilmaydi, lekin kundalik ratsionda uning miqdorini ko‘paytirish xolesterin miqdorining oshishiga olib keladi. Natijada yurak urishining tezlashishi kuzatiladi.

Tuxumni qanday holada iste’mol qilish kerak?

Tuxum yumshoq pishirilganda yaxshi hazm qilinadi. Shuningdek, omlet tayyorlashda uning kaloriyasini kamaytirish uchun tovada yog‘siz qovurish mumkin.

Eslatib o‘tamiz, pishirishdan oldin tuxumni yuvishni unutmaslik kerak, chunki tuxum qo‘yilganda ko‘plab mikroorganizmlar uning qobig‘ida qoladi. Bundan tashqari, tuxum qayerda va qanday sharoitda saqlanganini ham bilib bo‘lmaydi.

Mavzuga doir:

  • Har kuni iste’mol qilish salomatlik uchun xavfli bo‘lgan 9 ta mahsulot
  • Muzqaymoq iste’mol qilganda, organizmda qanday o‘zgarishlar sodir bo‘ladi?
  • Muntazam ravishda achchiq taomlar iste’mol qilish organizmga qanday ta’sir o‘tkazadi?


Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.