Har kuni ertalab suli yormasi iste’mol qilinsa, organizmda qanday o‘zgarish sodir bo‘ladi?
Ko‘pchilik ertalabki suli bo‘tqasi butun kun uchun salomatlik va energiya garovi va undan yaxshiroq nonushta alternativini topish qiyin, deb hisoblaydi. Har kuni suli yormasini iste’mol qilish haqiqatan ham foydalimi?Elle nashri to‘g‘ri ovqatlanish bo‘yicha mutaxassis Alisa Shabanovaga bu borada murojaat qildi.
Foto: Getty ImagesBirinchidan, har qanday suli yormasi foydali degan fikr haqiqatdan uzoqdir. Faqat to‘liq don suv yoki sutda qaynatilsa foydali bo‘lishi mumkin. Bir zumda tayyorlanadigan yarimtayyor jo‘xori unining barcha analoglari tanaga zararli bo‘lgan ko‘p miqdorda shakar, qo‘shimchalar va ta’m kuchaytirgichlarni o‘z ichiga oladi.
Ikkinchidan, har qanday yorma yordamida vazn yo‘qotish mumkin, degan fikr ham to‘g‘ri emas. Ko‘pchilik yormani diyetasiga qo‘shib, vazn yo‘qotish jarayoni o‘z-o‘zidan boshlanishiga ishonadi. Buning uchun donlar butun yoki katta bo‘lakda bo‘lishi kerak, sutda emas, suvda qaynatiladi, shuningdek, shakar yoki uning o‘rnini bosuvchi moddalar qo‘shilmasligi kerak. Bundan tashqari, diyetologlar asosan sport mashg‘uloti bo‘lgan kunlarda bo‘tqa yeyishni tavsiya qiladi — jismoniy faollik bo‘lganda murakkab uglevodlar tezroq so‘riladi.
Uchinchidan, suli yormasi sog‘lom nonushta qilish uchun eng yaxshi variant emas. Gap shundaki, u organizm uchun juda zarur bo‘lgan proteinning juda kam miqdorini o‘z ichiga oladi. Shuning uchun bo‘tqani nonushtaning ikkinchi taomi sifatida iste’mol qilish yoki uni proteinli taomlar — omlet, chizkeyk, tvorog yoki bir bo‘lak pishloq bilan yegan ma’qul.
Parhezshunoslar nonushtaga bir necha turdagi donni aralashtirsangiz, eng mazali va eng muhimi, sog‘lom bo‘tqa bo‘ladi, deb hisoblaydi — bug‘langan donlar yengil hazm bo‘ladi, qattiqroqlari stuktura beradi va kepaklilari esa sog‘lom qiladi, chunki ular tarkibida juda ko‘p kletchatka bo‘ldi.
Muhimi yodda tuting: har qanday holatda ham bo‘tqaga shakar qo‘shmang. Uning o‘rniga meva yoki quritilgan mevalardan foydalanishga harakat qiling — ular jo‘xori uniga maza qo‘shadi va organizmga zarar yetkazmaydi. Meva dondan farqli o‘laroq ko‘plab vitaminlarni o‘z ichiga oladi, ularning foydali xususiyatlari issiqlik bilan ishlov berish jarayonida yo‘qoladi. Shuning uchun ularni don bilan birga pishirmagan ma’qul. Bundan tashqari, tayyor taomni yangi rezavorlar bilan bezatish ham mumkin.
Mavzuga doir:
- Gerpes, konyunktivit, allergiya — oddiy qora choy yordamida davolash mumkin bo‘lgan kasalliklar
- Stress belgilari: yordamga muhtoj ekaningizdan darak beruvchi 10 ta simptom
- Umuman uxlamagan bo‘lsangiz: kun bo‘yi tetik yurish uchun tavsiyalar
Manba