Salomatlik Salomatlik Koronavirus bilan kasallanganda qanday vitaminlarni qabul qilish kerak va nima uchun C vitamini yordam bermaydi?

Koronavirus bilan kasallanganda qanday vitaminlarni qabul qilish kerak va nima uchun C vitamini yordam bermaydi?

O'qildi: 387


Koronavirus bilan kasallanganda qanday vitaminlarni qabul qilish kerak va nima uchun C vitamini yordam bermaydi?

ORVI yoki gripp bilan kasallanganlar uchun C vitaminiga boy mahsulot va ovqatlar iste’mol qilish eng keng tarqalgan maslahatlardan biridir. Ammo bu ko‘rsatma koronavirus uchun ham mos keladimi?Afsuski, ushbu jumboq ostida bo‘lgan kasallik haqida mutaxassislar qanchalar ko‘p izlanish olib bormasin, uning noma’lum jihatlari chiqib kelmoqda. Shuning uchun ham ba’zi vitaminlar organizmga chindan ham yordam beradi, hatto asoratlarni ham kamaytiradi. Shuni yodda tutish kerakki, har qanday inson vitamin komplekslarni o‘z xohishi bo‘yicha emas, balki shifokor tavsiyasi bilan qabul qilishi zarur.

Foto: “Domashniy ochag”

B12 vitamini

Hindistonlik olimlar tomonidan 2020-yil avgust oyida nashr etilgan tadqiqot natijasiga ko‘ra, B12 vitamini koronavirusning ayrim qismlariga qo‘shilib, uning ko‘payishi va tanada tarqalishining oldini oladi. Tadqiqotchilar tomonidan amalga oshirilgan kompyuter simulyatsiyalari natijasida shunday xulosa qilindi.

D vitamini

Ushbu “quyosh nurlari” vitamini nafaqat modda almashinuvi, balki depressiyani ham yengishga yordam beradi. 2020-yil may oyida e’lon qilingan tadqiqotga ko‘ra, D vitamini tanqisligi bo‘lgan odamlarda koronavirusga chalinish ehtimoli ikki baravar yuqori hamda kasallikning o‘zi og‘irroq kechadi.

D vitamini tarkibidagi makrofag va limfotsitlar tanaga kiradigan virus molekulalarini tom ma’noda singdirib yuboradi. Shunga ko‘ra, ushbu tabiiy himoyachilar tanada virusga qarshi tura olsa, inson o‘zini yaxshi qiladi.

Afsuski, kuz va qish mavsumida, qorong‘ilikda insonlar D vitamini yetishmovchiligiga moyil bo‘ladi. Organizmni sog‘lom saqlash uchun D vitaminiga boy ovqatlar – yog‘li baliq, qo‘ziqorin jigar, yog‘li sut va sut mahsulotlarini iste’mol qilish kerak bo‘ladi.

Sink

Ispaniyalik olimlarning olib borgan tadqiqotiga ko‘ra, 250 ga yaqin koronavirus bemorlarining ko‘ngillilari orasida sink yetishmovchiligi tufayli COVID-19 o‘limga ham olib kelishi mumkin bo‘lgan holatlar isbotlandi. Tanada ushbu elementning tarkibi qancha past bo‘lsa, kasallik alomati ham shuncha og‘irlashadi va o‘lim xavfi ortib boradi.

C vitaminini qabul qilish kerakmi?

Albatta, immunitet tizimi uchun foydali bo‘lgan ushbu vitaminni o‘z ichiga olgan mahsulotlardan voz kechmaslik kerak. Ammo shifokorlar, ayniqsa, allaqachon kasallangan bemorga aynan vitaminning o‘zini qabul qilishni tavsiya etmaydi. Chunki juda yuqori konsentratsiya tana a’zolari va to‘qimalari uchun xavfli bo‘lishi mumkin.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.