Kuz mavsumining eng foydali meva va sabzavotlari
Kuzda inson organizmi salomatligi va immunitet, teri, soch hamda tirnoqlar mustahkam bo‘lishi uchun har doimgidan ham ko‘proq vitaminlarga ehtiyoj sezadi. Kuzda iste’mol qilish tavsiya qilinadigan, organizm uchun muhim bo‘lgan vitamin va mikroelementlarga boy mevalar haqida ma’lumot beramiz.
Foto: Harper’s BazaarLavlagi
Bolaligimizdan sevib iste’mol qilgan bo‘rsh va vinegreddan asosiy o‘rin olgan lavlagi bilan boshqa taomlar ham tayyorlash mumkin. Uni marinadlash, qovurish, salat va sharbat tayyorlab ichish mumkin. Tarkibida C, B, PP va E vitaminlari bo‘lgan mazkur mahsulot temir, magniy, fosfor va boshqa mikroelementlarni ham o‘z ichiga oladi.
Klyukva
Ko‘pchilik klyukvani nordon ta’mi uchun yaxshi ko‘radi, lekin hamma ham uning usti yopiladigan idishga solinsa, bir yildan ortiq barra holda saqlash mumkinligini bilavermaydi. Klyukvadan mors, birinchi taom uchun sous tayyorlash mumkin.
Qovoq
Qovoq mazali va foydali mavsumiy sabzavotlardan hisoblanadi. Kuz kelishi bilan bozor rastalaridan, kafe va restoranlarda qovoqdan tayyorlangan taom o‘rin oladi. Qovoqdan pechda zapekanka tayyorlash, salatlarga qo‘shish, blender bilan ezib bo‘tqali sho‘rva pishirish yoki pirog va bulochkalar ichiga “nachinka” sifatida ishlatish mumkin. Qovoq shishlar bilan kurashadi va organizmdagi ortiqcha suyuqlikni chiqarib yuboradi. Shuningdek, jigar va oshqozon-ichak faoliyati uchun ham foydali hisoblanadi.
Anor
Anor ham kuzgi eng foydali mevalardan sanaladi. Tarkibida sovuq mavsumda dolzarb hisoblangan katta miqdordagi C vitamini, foliy kislotasi va antioksidantlar bo‘ladi. Anordan vitaminlarga boy sharbat tayyorlash, donachalarini salatga qo‘shish yoki shunchaki o‘zini iste’mol qilish mumkin.
Sitrus mevalar
Kechki kuz va qish sitrus mevalar — apelsin, mandarin va greypfrutlar iste’mol qilish kerak bo‘lgan mavsum hisoblanadi. Ularning bari esa havo sovishi bilan odatiy holga aylanadigan shamollashlardan saqlanishga yordam beradigan C vitaminining koni hisoblanadi. Sitrus mevalarni o‘zini shunchaki iste’mol qilish yoki sharbat va salat tayyorlab iste’mol qilsa bo‘ladi.
Manba