Salomatlik Salomatlik Nima sababdan uxlashdan avval banan yeb, sut ichish kerak?

Nima sababdan uxlashdan avval banan yeb, sut ichish kerak?

O'qildi: 327


Nima sababdan uxlashdan avval banan yeb, sut ichish kerak?

Uyqusizlikning sabablari bir qancha bo‘lishi mumkin. Masalan, stress, ishning haddan tashqari og‘irligi yoki biror kasallik kabilar. Shuningdek, vitamin va minerallarning yetishmasligi ham sabablardan biridir. Bunga esa oddiygina sut va banan yordam berishini bilasizmi?

Foto: “club.lisey.ru”

D vitamini

Agar ushbu vitamin miqdori organizmda 20 ng/mldan kam bo‘lsa, uyqusizlik rivojlanishining xavfi bir necha barobarga ortadi. Tadqiqotlar natijasiga ko‘ra, mazkur vitamin kayfiyat, tushkunlikka moyillik va uyqu sifatiga ta’sir o‘tkazadi.

C vitamini

Ko‘pincha C vitamin faqatgina immunitetning asosiy himoyachisi deb o‘ylashadi. Ammo tadqiqotlar uni uyqusizlikda yaxshi yordamchi bo‘lishi mumkinligini ham tasdiqlagan. Shuningdek, ko‘pincha uyquning buzilishi uxlab yotgan odamning bir muddat nafas olishdan to‘xtashi bilan bog‘liq. C vitaminini esa muntazam ravishda iste’mol qilish nafas olishdan to‘xtashni sezilarli darajada kamaytirishi va uyquni yaxshilashi mumkin.

B guruhi vitaminlari

Ushbu vitamin guruhining eng muhim vazifalaridan biri “uyqu gormoni” − melatoninni ishlab chiqaradigan triptofan moddasini tartibga soladi. Melatonin kechasi uxlashga, dam olishga yordam beradi va uyqu davomiyligini tartibga soladi. Agar kechasi uyquda bezovtalanish, uyqusizlik va haddan tashqari ko‘p uyg‘onish bo‘lsa, organizmda B guruhi vitaminlari kamligidan darak berayotgan bo‘lishi mumkin. Aytgancha, bu ayniqsa, keksa odamlarda ko‘p kuzatiladi. Masalan, 50 va 60 dan oshgandan so‘ng B guruhi vitaminlari tanqisligi tabiiy holat.

Temir

Agar uyqusizlik, charchoq, diqqatni jamlashda qiyinchilik va tez-tez uyg‘onish kuzatilsa, bu kamqonlik bilan bog’liq bo‘lishi mumkin. Temir tanqisligi esa bezovtalanadigan oyoq sindromi va uyqusizlikning juda keng tarqalgan sababini keltirib chiqaradi.

Kalsiy va magniy

Kalsiy suyaklarni mustahkamlaydi, magniy esa yurak uchun foydalidir. Shuningdek, ular dam olishga, tomir tortishishining oldini olishga ko‘maklashadi va melatonin ishlab chiqarishni rivojlantiradi. Shuning uchun ham sut ichish va banan iste’mol qilish orqali organizmdagi kamchiliklar bartaraf etiladi.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.