Salomatlik Salomatlik Tovuq sho‘rva, ko‘kat va sitrus mevalar. Immunitetni mustahkamlash xususiyatiga ega mahsulotlar

Tovuq sho‘rva, ko‘kat va sitrus mevalar. Immunitetni mustahkamlash xususiyatiga ega mahsulotlar

O'qildi: 262


Tovuq sho‘rva, ko‘kat va sitrus mevalar. Immunitetni mustahkamlash xususiyatiga ega mahsulotlar

Hozirgi pandemiya vaqtida, qolaversa, havo harorat pasayib, shamollash va kasalliklar avj olgan bir vaqtda immunitetning mustahkam bo‘lishi har qachongidan ham muhimroq sanaladi. Salomatlik bilan bog‘liq muammolar kuzatilmasligi uchun esa ratsiondan qanday mahsulotlar o‘rin olganiga e’tibor qaratish, vitamin va minerallarga boy mahsulotlar yeyishni kanda qilmaslik kerak.

Foto: Freepik

Ko‘katlar

Ko‘katlarning barchasi, xususan, keyl va ismaloq kuchsizlangan immun tizimi uchun eng yaxshi mahsulot sanaladi. Unda hujayralarni shikastlanishdan saqlovchi va paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan yallig‘lanish jarayonlarining oldini olish, shuningdek, organizmni viruslarga chidamliligini oshirish xususiyatiga ega bo‘lgan muhim antioksidant karatenoid mavjud. Yashil sabzavot va ko‘katlardan tayyorlangan salat nafaqat qomatingiz, balki salomatligingiz uchun ham foydali.

Yog‘li baliq

Agar baliq mahsulotlari sizning taomnomangizga to‘g‘ri kelmaydigan bo‘lsa, unda ratsionga zaytun yog‘i va avokadoni kiritish mumkin. Ularning barida immunitetni mustahkamlashda muhim rol o‘ynaydigan omega-3 yog‘ kislotasi bo‘ladi. U dastlabki bosqichlarda yallig‘lanishning oldini oladi, organizmni turli virus va bakteriyalardan himoya qiladi.

Sitrus mevalar

C vitamini virusli infeksiyalar bilan kurashish xususiyatiga ega. Sitrus mevalar esa ushbu vitaminning koni. Ammo eng ko‘p foydali moddalar siz-u biz artib tashlashni yaxshi ko‘radigan meva po‘stloqlarida joylashgan bo‘ladi. Masalan, limon po‘stlog‘ini yeb bo‘lmasligi mumkin, lekin uni quritib, choyga qo‘shib damlab ichish salomatlik, xususan, immunitet uchun ham foydali bo‘ladi.

Brokkoli

Salomatlik bilan bog‘liq ko‘plab muammolarga yechim bo‘lgani va immunitetni mustahkamlagani sabab ham brokkolini super mahsulot deb atasa bo‘ladi. U bir qancha vitamin va minerallar, ayniqsa, kalsiy, magniy, fosfor va C vitaminining koni sanaladi.

Tovuqdan tayyorlangan sho‘rva

Avvaldan shamollaganda tovuq sho‘rva ichish tavsiya qilinishi bejiz emas. Chunki qaynoq va yengil mazkur taom iste’moli immunitetni mustahkamlab, shamollashga xos simptomlarni kamaytiradi. Gap shundaki, tovuq go‘shti organizmdagi ko‘plab kimyoviy jarayonlarda ishtirok etadigan B6 vitaminiga boy bo‘lib, u qizil qon tanachalari shakllanishi va hujayralarning shikastlanishdan saqlanishiga yordam beradi.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.