Sutli choy ichish foydalimi? Mutaxassis javob beradi
Harper’s Bazaar saytida ma’lum qilinishicha, ayrim hollarda sut bilan choy ichish munozaralarga sabab bo‘lmoqda. Olib borilgan tadqiqotlarda bu haqda nima deyilgan?Marhamat, ularning natijasi bilan tanishib chiqing.
Foto: “kivahan.ru”Qora va ko‘k choylar dunyodagi eng mashhur ichimliklardan biri hisoblanadi. Ikkalasi ham aslida bir o‘simlik bargidan tayyorlanadi. Faqatgina yetuklikning turli bosqichlarida terib olinib, har xil usullar bilan qayta ishlanadi. Ularning bari antioksidantlarga boy. Choy tarkibidagi flavonoidlar organizm hujayralarini erkin radikallar ta’siridan himoya qiladi. Erta qarish va turli kasalliklarning kelib chiqishiga sabab bo‘ladigan oksidlanish jarayonining oldini oladi.
Ammo ayrim hollarda sut bilan choy ichish munozaralarga sabab bo‘layotgani kuzatilmoqda. Avvalo, katta yoshdagi insonlar uchun laktozaning foydalari shubhali. Ko‘pgina mutaxassislar hattoki laktoza intoleransi bo‘lmagan odamlar ham uni umuman iste’mol qilishlari mumkin emas, degan fikrga qo‘shiladi. Biroq bu savolga hali ham aniq javob topilmagan. Olimlar sut chindan ham foydalimi yoki yo‘q, hanuzgacha isbotlamadi.
Boshqa tomondan olib qaraganda, sut sog‘lom va normal to‘qimalarning tiklanishi uchun zarur bo‘lgan oqsil, kalsiy va kaliyga boy bo‘lgan mahsulotdir. Choyga sut qo‘shilsa, uning ozuqaviy foydalari choy antioksidantlari bilan birlashadi. Bir qancha tadqiqotlar esa ushbu tendemning yuqori xolesterin bilan kurashish va qon tomirlarini tozalashdagi samaradorligini qo‘llab-quvvatlaydi. Sutli choy qahva kabi ovqat hazm qilish tizimining shilliq pardalarini bezovta qilmasdan tetiklashishga yordam beradi.
Shunday qilib, agar sut kunlik ratsiondan joy olgan bo‘lsa va laktoza yaxshi qabul qilinsa, sutli choydan bemalol ichish mumkin. Ikkala mahsulot tarkibidagi faol moddalarning o‘zaro ta’siri tufayli bunday tanlov tanaga faqatgina foyda keltirishi mumkin.
Manba