Salomatlik Salomatlik Organizmni zararli modda va toksinlardan tozalaydigan mahsulotlar

Organizmni zararli modda va toksinlardan tozalaydigan mahsulotlar

O'qildi: 287


Organizmni zararli modda va toksinlardan tozalaydigan mahsulotlar

Zamonaviy turmush va ovqatlanish tarzi sabab inson organizmida ko‘plab toksin va shlaklar to‘planadi, bu esa turli kasalliklar paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Tabiiy yo‘l bilan organizmni tozalash uchun esa quyidagi mahsulotlarni ratsionga kiritish tavsiya qilinadi.

Foto: Medical News Today

Sarimsoq piyoz

Tabiiy antiseptik hisoblangan sarimsoq piyoz turli zararkunanda bakteriya va viruslarni yo‘q qilish xususiyatiga ega. Ayniqsa, ichaklarni tozalashi bilan juda ham samarali hisoblanadi. Bundan tashqari, qon-tomirlarni ham tozalab, immunitetni mustahkamlaydi. Shu bois ham ushbu mahsulot aksari shifokor va parhezshunoslar tomonidan nafaqat organizmni shlaklardan tozalash, balki immunitetni yaxshilash uchun ham tavsiya qilinadi.

Piyoz

Piyozning istalgan turi organizmni shlaklardan tayyorlash xususiyatiga ega. U bakteriya va zamburug‘larga ta’sir ko‘rsatadi, shu sabab ham turli toksinlarni yo‘q qiladi. Bundan tashqari, piyoz teridagi turli toshmalar, husnbuzarlarga ham samarali ta’sir ko‘rsatadi.

Limon

Ushbu mahsulot suvda erimaydigan toksinlarni suvda eriydiganga aylantirishga yordam beradi. Bu esa toksinlarni organizmga ta’sir qilmagan holda yo‘q bo‘lishiga olib keladi. Shuningdek, limonning bunday xususiyati jigar va qonni ham toksinlardan tozalanishiga ko‘maklashadi.

Lavlagi

Organizmni toksinlardan tozalanishiga birinchi navbatda jigar javob beradi. Uning ishdan chiqishi organizmni zaharlanishiga sabab bo‘ladi. Lavlagi iste’moli esa jigarni toksinlardan tozalaydi. Bunda uning tarkibidagi betain ahamiyatli sanaladi va aynan u jigar faoliyatini me’yorlashtiradi. Qolaversa, lavlagi organizm va salomatlik uchun muhim bo‘lgan vitaminlarning koni hamdir.

Karam

Hatto oz miqdordagi gormonlar disbalansi ham organizmni zararlab, toksinlar yo‘q qilinishiga ta’sir ko‘rsatadi. Gormonlar miqdorini me’yorda bo‘lishi uchun esa karam iste’mol qilish tavsiya qilinadi. Karamda kam uchraydigan U vitamini(metionin)bo‘ladi va boshqa vitaminlar sintezida ishtirok etib, yaralarni bitishiga hissa qo‘shadi. Metionin nafaqat barra karamda, balki tuzlanganida ham bo‘ladi.

Olma

Olma hazm trakti jarayoniga ijobiy ta’sir qilgani sabab toksinlar ishlab chiqarilishini kamaytiradi. Bunga esa pektinni o‘z ichiga olgani sabab bo‘ladi. Toksindan tashqari, petin boshqa qo‘shimchalar va xolesterinni yo‘q qilishga yordam beradi. Katta miqdordagi pektin uy tabiiy yo‘l bilan yetishtirilgan olmalarda bo‘lishi kerak.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.