Tishlarni noto‘g‘ri tozalayotganlikdan darak beruvchi 5 ta belgi
Tish shifokorlarning tajribasiga ko‘ra, nafaqat kichik yoshdagilar, balki kattalar ham tishlarni qanday qilib to‘g‘ri tozalashni bilmaydi. Ko‘pincha ular tish cho‘tkasini gorizontal ravishda harakatlantiradi. Og‘izdagi so‘lak va oziq-ovqat qoldiqlarini bartaraf etish uchun esa tish cho‘tkasini aylana shaklda harakatlantirish zarur. Shuningdek, tishlarni to‘g‘ri tozalamaslik oqibatida og‘iz bo‘shlig‘ida bir qancha noxush holatlar ham paydo bo‘lishi mumkin.
Foto: FlizorTish yuzasida so‘lak qoplamasiTilni tishlar ustidan yuritganda so‘lak qoplamasini his qilish mumkin. Agar shunday bo‘lsa, zudlik bilan ular tozalashga muhtojligini anglatadi. Nima uchun bu xavfli, degan savol tug‘ilishi mumkin. Bu bakteriyalarni ko‘payish joyi bo‘lib, tishlarning kasallanish xavfini oshiradi. Shuning uchun ertalab va kechki payt ovqatdan keyin tishlarni 2-3 daqiqa davomida yuvish tavsiya etiladi. Tishlarni tozalashda nafaqat ularning oldi qismi, balki orqa va oradagi bo‘shliqlarga ham e’tibor qaratish zarur.
Og‘iz bo‘shlig‘idagi noxush hid
Tishlar orasida qolib ketgan oziq-ovqat asta-sekin chiriy boshlaydi va yoqimsiz hid paydo bo‘lishiga olib keladi. Bu tish egasiga sezilmasligi mumkin, lekin atrofdagilarga noqulaylik tug‘diradi. Bunga yo‘l qo‘ymaslik uchun har kuni nafaqat cho‘tkadan, balki tish ipidan ham foydalanish kerak. Ushbu vosita tishlar orasidagi oziq-ovqat qoldiqlarini olib tashlash uchun ham juda yaxshi.
Milklarning qonashi
Noto‘g‘ri tozalash nafaqat tish emaliga, balki og‘iz bo‘shlig‘ining yumshoq to‘qimalariga ham zarar yetkazadi. Bakteriyalar esa yallig‘lanish jarayonini qo‘zg‘atadi. Yumshoq cho‘tka tishlarning yuzasini tozalashdan tashqari, milklarni ham massaj qiladi. Bu esa qon aylanishini yaxshilaydi, so‘laklarni olib tashlaydi va to‘qimalarni davolaydi.
Tish sezgirligining oshishi
Shaxsiy gigiyena vositalarining noto‘g‘ri tanlanganligi va tishlarni to‘g‘ri tozalamaslik ularning sezgirligi oshishiga olib kelishi mumkin. Bunda har bir taom issiq, sovuq, nordon yoki shirin bo‘lsin, ta’sir qiladi. Hatto salqin havo ham biroz og‘riqlarni paydo qiladi. Bu kabi tishlarni davolash uchun stomatologga o‘z vaqtida murojaat qilish kerak. Shifokor, albatta, tozalash texnikasi hamda sezgirlikni kamaytirishga yordam beradigan mahsulotlarni tavsiya etadi.
Kariyes kasalligi
Kariyes ko‘pincha tishlarni noto‘g‘ri yuvish natijasida yuzaga keladi. Yon qismdagi tishlarni yuvish biroz qiyin bo‘lganligi sababli kasallik aynan o‘sha yerda paydo bo‘ladi. Bu esa xavfli, sababi kariyes sezilmas darajada rivojlanadi. Tish ichiga tarqalib, tishning asab tolalariga yetib borgandagina og‘riq tufayli kasallikni payqash mumkin.
Manba