Salomatlik Salomatlik Ichaklar salomatligi: Barcha yoshdagilar uchun ovqatlanish bo‘yicha 4 ko‘rsatma

Ichaklar salomatligi: Barcha yoshdagilar uchun ovqatlanish bo‘yicha 4 ko‘rsatma

O'qildi: 314


Ichaklar salomatligi: Barcha yoshdagilar uchun ovqatlanish bo‘yicha 4 ko‘rsatma

Ichaklar me’yorda ishlashiga nafaqat sog‘lik, balki kayfiyat, tushkunlikka moyillik, xotira va hatto bilish qobiliyati ham bog‘liq. Yaxshi ovqatlanish esa foydali bakteriyalarning sog‘lom muvozanatini saqlash va ichaklarning ko‘proq ishlashiga yordam berishi uchun juda muhim. Ichaklarni faol va baquvvat saqlash uchun sog‘lom ovqatlanish odatini rivojlantirish kerakligini bilib olish zarur.

Foto: “Domashniy ochag”

Magniyga boy oziq-ovqatlarni ko‘proq iste’mol qilish zarur.

Tanada magniy yetishmasligi ichaklarda yallig‘lanish va semirishni keltirib chiqaradi. Buning uchun magniyga boy bo‘lgan ismaloq, oshqovoq urug‘i, jigarrang guruch kabi foydali mahsulotlarni iste’mol qilish tavsiya etiladi.

Sog‘lom yog‘lar iste’molini ko‘paytirish foydali.

Juda qattiq parhez tutish mobaynida ham sog‘lom yog‘lardan voz kechmaslik kerak. Sababi ular organizm uchun foydali. Ular ko‘proq qora shokolad, zaytun va zaytun moyi, avokado, yong‘oq va yog‘li baliqlar tarkibida bo‘lib, yurak xastaligi, depressiya, diabetning ikkinchi toifasi, insult, saraton, oshqozon ichak kasalligi va vazn ortishidan himoya qiladi.

Uglevodga boy taomlarni kamroq iste’mol qilish tavsiya etiladi.

Ichakning asosiy dushmanlari − uglevodlar bo‘lib, ular ichak florasining muvozanatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi va yallig‘lanishni keltirib chiqarishi mumkin. Ko‘p miqdorda tolaga ega taomlar esa aksincha, foydadan holi emas.

FODMAP oziq-ovqat mahsulotlari iste’molini kamaytirgan ma’qul.

FODMAP – bu qisqa zanjirli uglevodlarni o‘z ichiga olgan ovqatlardir. Ular yo‘g‘on ichakda yaxshi so‘rilmaydi. Gaz hosil bo‘lishi, ich ketishi va ich qotishiga ham olib keladi. Ta’m beruvchi moddalar, laktoza, ayrim sabzavotlar, meva va dukkaklilar ichaklarga zarar yetkazishi va jarayonni buzishi mumkin. Agar ularning iste’molidan so‘ng qandaydir o‘zgarish yuz bersa, bu kabi mahsulotlarni asta-sekin ratsiondan chiqarib tashlashga to‘g‘ri keladi.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.