Kam suv ichish, stress va makiyaj. Yuz terisi yog‘li bo‘lishining 7 sababi
Yog‘li teri ko‘p parvarish va vaqt ajratishni talab qiladi, shuningdek, yuzdagi yog‘ makiyaj qilish jarayonida ham xalal qiladi. Bu kabi muammoli teriga gendan tashqari, boshqa bir qancha sabablar bo‘lishi mumkin.
Foto: “Domashniy Ochag”Gormonal disbalans
Gormonlar balansning ishdan chiqishi teri yog‘ bezlarining faol ishlashiga olib keladi va oqibatda ko‘p miqdorda yog‘ ajralib chiqadi. Uning me’yorda bo‘lishi terini zararlanishdan himoya qilib, namlik balansini saqlashga yordam beradi. Ko‘payib ketganda esa teri yog‘lanadi. Gormonal disbalans ratsionning buzilishi, haddan ortiq faollik yoki harakatsizlik hamda homiladorlik va klimaks davrida kuzatilishi mumkin. Sizda teri yog‘lanishi va shunga o‘xshash gormonal disbalansga xos belgilar kuzatiladigan bo‘lsa, zudlik bilan endokrinolog yoki ginekolog shifokorga murojaat qiling.
Sut va sutli mahsulotlar
Yosh o‘tishi bilan organizmda kalsiy miqdori kamayib boradi, sut mahsulotlari esa defitsitni to‘ldirishga yordam beradi. Ammo sizda teri avvalgidan ko‘ra ko‘proq yog‘lanadigan bo‘lsa, unda sut, pishloq va tvorog kabi mahsulotlarni iste’mol qilishni kamaytirish tavsiya qilinadi.
Noto‘g‘ri parvarish
Yog‘li teri ham quruqdan kam bo‘lmagan darajada namlanishga ehtiyoj sezadi va shu sabab ham to‘g‘ri kosmetik vosita tanlashni bilish kerak. Haddan ortiq yog‘li namlantiradigan krem to‘g‘ri kelmasligi mumkin. Tarkibida yog‘ bo‘lmagan yengil vositalardan foydalangan yaxshi.
Vitamin qabul qilish
Tarkibida B guruhi vitaminlari bo‘lgan polivitaminlar teriga salbiy ta’sir ko‘rsatishi: uning yog‘lanishi va husnbuzarlar toshishiga olib kelishi mumkin.
Stress
Stress vaqtida qonda kortizol gormoni ko‘payadi, bu esa teriga ta’sir qilmay qolmaydi. Teri yog‘lanib, husnbuzar tosha boshlaydi.
Noto‘g‘ri makiyaj
Muammoli teri egalari ko‘p hollarda yuzini qalin berkitadigan, shu bilan teshiklarning to‘lishiga sabab bo‘ladigan tonal krem va vositalardan foydalanadi. Ammo bu kutilgan natijaga erishmaslik, aksincha yog‘ ortishiga sabab bo‘lishi ham mumkin. Teshiklarning yopilib qolgani sabab yallig‘lanish va husnbuzarlar kuzatilishi mumkin. Shu sabab iloji boricha yengil vositalardan foydalanish kerak.
Suv yetishmasligi
Qanchalik ajablanarli tuyulmasin, qancha kam suv ichilsa, teri shuncha yog‘li bo‘ladi. Bunda teri yetishmagan namlikni yog‘ hisobiga qondirishga harakat qiladi. Shu sababdan suv ichishni kanda qilmaslik kerak.
Manba