Salomatlik Salomatlik Ter hidi, tomir chiqishi va jigardagi muammolar yuzaga kelganini bildiruvchi boshqa alomatlar

Ter hidi, tomir chiqishi va jigardagi muammolar yuzaga kelganini bildiruvchi boshqa alomatlar

O'qildi: 360


Ter hidi, tomir chiqishi va jigardagi muammolar yuzaga kelganini bildiruvchi boshqa alomatlar

Zararsizdek tuyulgan alomatlar jigarning jiddiy muammolaridan ogohlantirishi xayolga ham kelmaydi. So‘nggi paytlarda miya, ichak, yurak kabi tana a’zolariga ko‘p e’tibor qaratiladi. Lekin organizmda juda katta vazifani bajaruvchi, tanani tozalovchi va ko‘plab muammolardan himoya qiluvchi jigar esa unutilgan. Chunki u behudaga bezovta qilmaydi, qanday vaziyatda kasal bo‘lishni bilmaydi. Faqatgina yuqumli kasalliklar tufayli organ hajmining keskin kattalashib ketishidan noqulay his-tuyg‘ular paydo bo‘lishi mumkin.

Foto: “aif.ru”

Har bir inson jigarning joylashgan o‘rni va vazifalaridan xabardor. Jigar kuniga 1,5 litr safro ishlab chiqaradi, bu juda yaxshi ko‘rsatkichdir. Tana unga muhim organ sifatida qabul qilingan kislorodning 30 foizini berishi mumkin. Shuningdek, jigar 2 litr qonni o‘z ichiga olgan moddalar massasini to‘plashga qodir. U o‘zi uchun qancha miqdorda oqsil, yog‘ va uglevodlar kerakligini biladi. Jigar odatdagi kundalik ratsionni, qancha iste’mol qilish, nimani afzal ko‘rishimizni biladi va shunga qarab safroning tarkibini hosil qiladi. U gormon, vitamin, mineral hamda quvvat zaxirasini ham biladi va ularning barchasini to‘g‘ri taqsimlaydi.

Shuningdek, jigar nafaqat, tanaga tashqaridan kirgan, balki modda almashinuvi jarayonida tanada hosil bo‘ladigan moddalarni zararsizlantirishi va chiqarib tashlashi ham mumkin.

Shunday qilib jigardagi muammolarni ko‘rsatuvchi quyidagi belgilar bilan tanishib chiqish zarur:

Lab qurishi, ko‘chishi va undagi yoriqlar

Ko‘pchilik ushbu muammoni labiga qandaydir vosita surish yoki kosmetologga murojaat qilish bilan hal etadi. Ammo agar B guruhi vitaminlari yetishmasligining oldi olinmasa, muammolar jarrohlik bo‘yicha davolashgacha olib borishi mumkin.

Achchiqlanish, zaiflik, uyquchanlik, kayfiyatning o‘zgarishi

Shuningdek, ish qobiliyatining pasayishi, nafas qisilishi, taxikardiya, uyquning buzilishi, aqliy qobiliyatning pasayishi, xotiraning susayishi va bosh og‘rig‘i ham kuzatiladi. Bunday vaqtda odamlar odatda nevropatologga murojaat qiladi va dori vositalarini iste’mol qilish bilan tugaydi. Shifokorlar esa turmush tarzini o‘zgartirish, stressni yo‘q qilishni maslahat beradi va ular ham dori vositasini tavsiya etadi. Ammo agar organizmda haqiqatan ham azot metabolizmi buzilgan bo‘lsa, B, D guruhi vitaminlari yetishmasligi kuzatilsa, demak, temir tanqisligi vujudga keladi. Bunday holatda dori vositalarini qabul qilish vaziyatni yanada og‘irlashtiradi.

Terning yoqimsiz o‘tkir hidi, termoregulyatsiyaning buzilishi

Bu jigar hujayralarining yallig‘lanishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Afsuski, yoqimsiz ter hidini boshqa narsalar bilan berkitishdan avval jigar hujayralari yallig‘lanishi sababini topish ko‘proq samara beradi.

Ko‘rish qobiliyatining pasayishi

Odamlar buning uchun bir necha yillar davomida oftalmologlar tomonidan davolanishi mumkin. Ular, albatta, ko‘plab dori va inyeksiyalarni qo‘llaydi. Muammo esa jigarda ekanligi haqida o‘ylab ham ko‘rilmaydi.

Qon ketishiga moyillik, ko‘karish, teri qichishishi va dog‘lar

Jigar to‘qimalariga zarar yetishi natijasida qon oqimi zichlashadi va qon ivishi faolligi kuzatilishi mumkin.

Ochlik va chanqoqlik hisi

Shuningdek, tilning shilliq qavati, undagi yoriqlar, qondagi qand miqdorini muttasil o‘sishi ham kuzatiladi. Agar insonda yog‘ gepotozlari mavjud bo‘lsa, yog‘ to‘qimasida aromataza hosil bo‘ladi. Bu esa erkaklik va ayollik gormonlariga ta’sir qiladi. Bundan tashqari glyukozaning qondan jigar hujayralariga ko‘chishi yomonlashadi.

Soch, teri va tirnoqlardagi o‘zgarishlar

Soch to‘kilishi, terining elastiklik darajasi pasayishi, tirnoq plastinkalarining zaiflashuvi organizmda temir tanqisligi, vitamin va minerallar yetishmasligini ko‘rsatish mumkin.

Qora dog‘lar, yiringli husnbuzarlar

Terining infeksiyaga moyilligi jigar faol ishtirok etadigan yog‘ almashinuvining buzilishi jarayoniga bog‘liq. Bunday vaziyatda kosmetik davolash usullari vaqtinchalik.

Jigar faoliyatini yaxshilash uchun nimalarga e’tibor berish kerak?

Ratsionda suyuqlik miqdorni oshirish kerak, ayniqsa, suv, o‘simlik va matcha choyi kabilarni. Go‘shtli taomlarni qovoq bilan uyg‘unlashtirish zarur. Sababi qovoqning tarkibida juda ko‘p miqdorda A, E va B11 vitaminlari mavjud. Bu esa yog‘ning yaxshi parchalanishi, vazn kamaytirish va mushak to‘qimalarining paydo bo‘lishiga yordam beradi. Bundan tashqari tuzlangan karam sharbatini iste’mol qilish hazm qilishdagi muammolarni bartaraf etadi.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.