Salomatlik Salomatlik Klimaks bilan adashtirish mumkin bo‘lgan jiddiy kasalliklar

Klimaks bilan adashtirish mumkin bo‘lgan jiddiy kasalliklar

O'qildi: 277


Klimaks bilan adashtirish mumkin bo‘lgan jiddiy kasalliklar

Aksari ayollarda klimaks 51-55 yoshlarda kuzatiladi. Ammo ayrimlarda bu jarayon 10 yil erta bo‘lishi mumkin. Unga xos bo‘lgan terlash, holsizlik, uyqu buzilishi, yurak urishining tezlashishi, chanqash va boshqalar, afsuski, jiddiy kasalliklarga xos simptom hisoblanadi. Bu esa jiddiy boshlangan kasalliklarni payqamaslik va ularni avj olishiga sabab bo‘lishi mumkin.

Foto: Freepik

Ikkinchi turdagi qandli diabet

Mazkur kasallik nafaqat hayot tarzi, balki uning davomiyligiga ham ta’sir qiladigan surunkali kasalliklardan biri hisoblanadi. Yildan yilga ushbu kasalga chalingan bemorlar soni ortib borayotgani sabab ham JSST prognoziga ko‘ra, 2030-yilga kelib qandli diabet butun dunyoda kishilar o‘limiga sababchi bo‘ladigan 7 kasallik bo‘ladi. Istalgan yoshda chalinish mumkin bo‘lgani bilan ayollarda 50 yoshdan keyin mazkur u bilan kasallanish ehtimoli yuqori bo‘ladi: gormonlar o‘zgaradi, moddalar almashinuvi pasayadi, vazn ortadi. Aynan yog‘ yig‘ilib, vazn ortishi esa insulin ishlab chiqarilishi hamda hujayralarning unga bo‘lgan sezuvchanligiga ta’sir qiladi va buning oqibatida qandli diabet rivojlanadi. Chanqash, ko‘p peshob ajratish kasallikka xos simptomlardan sanaladi. Bunga organizmning hujayralardagi ortiqcha glyukozani suyuqlik orqali chiqarishga urinishi sabab bo‘ladi. Shu sabab ham sizda menopauza boshlangan taqdirda ham endokrinolog ko‘rigidan o‘tish va qand miqdorini aniqlash uchun qon tahlili topshirish tavsiya qilinadi.

Qalqonsimon bez kasalliklari

Klimaks vaqtida faoliyatida muammo kuzatiladigan yana bir a’zo qalqonsimon bez. Stress, ovqatlanishdagi o‘zgarish va menopauza vaqtida qalqonsimon bezga oson bo‘lmaydi. Uyqu bilan bog‘liq muammolar hamda terlashning kuzatilishi qalqonsimon bez faoliyatiga xos simptomlar hisoblanadi. Bunda tireotrop gormoni me’yordan ortiq ishlab chiqariladi. Mazkur simptomlar bilan kechadigan yana bir autoimmun kasallik Xashimoto hisoblanadi. Shu sabab ham shifokorlar muntazam ravishda UZI tahlili orqali tekshirtirib turish kerakligini tavsiya qilinadi.

Reproduktiv a’zolar saratoni

50 yoshdan keyin ayollarda gormonlar bilan bog‘liq zararli o‘simtalar paydo bo‘lish xavfi yuqori bo‘ladi. Ko‘krak, tuxumdonlar va bachadon saratoni shular jumlasidan. Gap shundaki, ushbu kasalliklarning aksariyati simptomsiz kechadi va buning oqibatida kasallik rivojlanib ketishi mumkin bo‘ladi. Shu sabab ham bir yilda kamida ikki marta ginekolog shifokorga uchrash kerak. Shuningdek, ortiqcha charchash, ishtaha yo‘qolishi hamda beldan pastki sohalarda og‘riq sezish va o‘zini yomon his qilish bo‘lganda shifokorga borishni kechiktirmaslik kerak.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.