Salomatlik Salomatlik Gormonal balansda muammo borligidan darak beruvchi 8 simptom

Gormonal balansda muammo borligidan darak beruvchi 8 simptom

O'qildi: 343


Gormonal balansda muammo borligidan darak beruvchi 8 simptom

Stress, charchoq va vazn ortishi singari belgilar shunchaki kuzatilmasligi, organizmda gormonlar ishlab chiqarilishi bilan muammo borligini anglatishi mumkin.

Foto: “Domashniy ochag”

Ishtahaning ochilishi

Hamma vaqt yeyishni xohlash va odatdagi taom porsiyasi ham qorinni to‘ydirmasa, qalqonsimon bez gormoni balansini tekshirtirib ko‘rish kerak. Gipertireozda qalqonsimon bezdan katta miqdorda gormon ajralishi sabab ishtaha karnay bo‘ladi. Qolaversa, doimiy ravishda ochlik stress gormoni kortizol miqdorining ko‘pligidan ham darak berishi mumkin.

Soch to‘kilishi

Ayollarda testesteron miqdorining ko‘payishi erkaklardagi singari soch to‘kilishiga olib kelishi mumkin. Aksariyat hollarda bu tuxumdonlar saratonidan darak berishi, bu esa qandli diabet va saraton kasalliklariga olib kelishi mumkin.

Vaznda o‘zgarish

Hech qanday sababsiz vazn o‘zgarishi gormonlar balansida muammo borligidan darak berishi mumkin. Semirib ketish kortizol yoki testesteron miqdorining oshib ketgani yoki qalqonsimon bez faoliyati susayganidan, ozib ketish esa aksincha qalqonsimon bez doimgidan ham faol ishlayotganidan ogohlantirishi mumkin.

Kayfiyat o‘zgarishi

Asosan, menopauza uchun xos bo‘lgan mazkur simptom jinsiy yoki qalqonsimon bez gormonlarida muammo bo‘lganda ham kuzatilishi mumkin.

Doimiy ravishda charchoqni his qilish

Organizmdagi istalgan tizim, xususan, gormonlar balansining izdan chiqishi energiya kamayishiga olib keladi. Agar hech qanday sababsiz ham charchab qoladigan bo‘lsangiz, darhol shifokorga murojaat qiling. Bu turli oqibatlarga olib keladigan xavfli belgi bo‘lishi mumkin.

Uyquning me’yorda bo‘lmasligi

Yetarli darajada tiniqib uxlamaganda kortizol miqdori ko‘payadi, kortizol miqdorining ko‘payishi esa me’yorda uxlashga xalaqit qiladi. Qolaversa, uyqusizlikka qalqonsimon bez gormonining haddan ortiq ajralishi sabab bo‘lishi ham mumkin.

Xotira va diqqatning susayishi

Qalqonsimon bez sust ishlasa va kam gormon ajralsa, kognitiv qobiliyatlarga ta’sir qiladi. Diqqat qilish, xotira susayishi va informatsiya qabul qilishda muammo kuzatiladi. Bunday vaqtda endokrinologga murojaat qilish kerak.

Suyaklar sinishi

Organizmga kirgan D vitamini suyaklarni mustahkamlaydigan kalsitriol gormoniga aylanadi. Kalsiy va D vitamini yetishmaganda suyaklar mo‘rtlashadi va bu kalsiyni nazorat qiladigan gormonda muammo borligidan dalolat beradi.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.