Sovuqda organizmni energiya bilan ta’minlash xususiyatiga ega bo‘lgan mahsulotlar
Bo‘shashish, o‘zini lohas his qilish hamda uyquga to‘ymaslik qishga xos sanaladi. Kishi o‘zini tetik va energiyaga to‘la bo‘lishi uchun esa quyidagi mahsulotlar yaxshi samara beradi.
Foto: Marie ClaireQahva
Qahva tarkibida kofein bo‘lgani sabab ham tetiklashtirish xususiyatiga ega bo‘lgan mahsulotlar orasida chempion hisoblanadi. Tetiklashish va energiyaga to‘la bo‘lish uchun bir finjon qahva samarali yordam beradi. Yog‘siz sut qo‘shib tayyorlangan sut organizmni kalsiy, D vitamin hamda energiya uchun uglevod bilan ta’minlaydi.
Donli yormalar
Qomati buzilishi va salomatligida muammo bo‘lishini istamaganlar uchun yormadan tayyorlangan nonushta eng yaxshi variant. Don mahsulotlari glyukozani qonda uzoq vaqt bo‘lishini ta’minlangani sabab ham uning iste’molidan keyin kishi o‘zini kun bo‘yi energiyaga to‘la hisoblanadi.
Tuxum
Tuxum sarig‘i ovqatni energiyaga aylantirish xususiyatiga ega bo‘lgan B vitamin hamda yetishmasligini qoplash hamda suyaklarni mustahkamlovchi D vitaminiga boy sanaladi. Bundan tashqari, energiya qoplash uchun muhim sanalgan oqsil moddasining ham koni.
Yong‘oq va quritilgan mevalar
Yong‘oq va quritilgan mevalar foydali yog‘ hamda oqsilning umumlashmasi sifatida ma’lum. Yong‘oq va pistalar tarkibidagi yog‘lar organizmni energiya bilan ta’minlaydi. Shu sabab ham ularni iste’mol qilgandan keyin inson kuchga to‘la bo‘lishi va o‘zini yaxshi his qilishi mumkin.
Choy
Choy nafaqat kishini tetiklashtiradi, balki organizmni suvsizlanishida ham yaxshi samara beradi. Buning uchun uni ko‘ki yoki qorasini ichishning keragi yo‘q. Agar siz mevali choyni yaxshi ko‘radigan bo‘lsangiz yana yaxshi. Chunki bunday choy nafaqat energiya beradi, balki qishki sovuqda organizmga kerakli vitaminlar bilan ta’minlaydi. Shuningdek, asal qo‘shilgan o‘tli choy ham samarali. Qahvadan keyin kishi darhol tetiklashsa, o‘tli choy sal sekinroq ta’sir qiladi.
Apelsin sharbati
Chala uxlagan yoki uyquga to‘ymaganlar uchun sitrus mevalardan yaxshisi yo‘q. Apelsin sharbati C vitaminining koni apelsin, layma va limon ifori esa miya faolligiga ta’sir qiladi. Qolaversa, sitrus mevalar ayniqsa, kuz va qishda kuzatiladigan shamollash kasalliklarining oldini oladi.
Olma
Olma mushak hujayralarini ko‘proq energiya ishlab chiqarishiga ta’sir qiladigan kversitinga boy sanaladi. Shu sabab ham uni iste’mol qilishni kanda qilmaslik tavsiya qilinadi.
Shokolad
Bir butun shokolad bir necha soat davomida energiyaga to‘la bo‘lishni ta’minlaydi. Kunni bir bo‘lak shokolad bilan qarshi olinsa, organizm kerakli energiyaga ega bo‘ladi. Biroq buning uchun tarkibida shokolad kam bo‘lgan qora shokolad iste’mol qilish kerak.
Manba