Salomatlik Salomatlik To‘yib uxlamaslikning organizmga qanday zararlari bor?

To‘yib uxlamaslikning organizmga qanday zararlari bor?

O'qildi: 382


To‘yib uxlamaslikning organizmga qanday zararlari bor?

Uyqu kishi salomatligi va kishi o‘zini qanday his qilishiga ta’sir ko‘rsatadi. Tiniqib uxlamaslik va uning yetarli bo‘lmasligi turli muammolarga olib kelishi mumkin.

Foto: Freepik

Ishtaha karnay bo‘lishi

Qovurilgan kartoshka, shirinlik va boshqa zararli ovqatlarni iste’mol qilishni istash bekorga bo‘lmasligi mumkin. Gap shundaki, uyqu yetishmaganda organizmda to‘qlik garmoni — leptin ishlab chiqarilishi kamayadi va kishi to‘qlikni his qilmasligi mumkin.

Vazn ortishi

Ratsioningiz joyida va siz nafsingizni tiygan taqdirda ham vazn yig‘ishingiz sababi uyqu yetishmasligi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Uyqusizlik metabolizmning yomonlashishi: moddalar almashinuvi sekinlashib, organizm erinchoq bo‘lib, yog‘ to‘plana boshlaydi, yog‘lar esa qorin va bo‘ksada yig‘iladi.

Jizzakilik

Arzimagan narsalarga ham asabiylashish, baland ovozlar, transport kutish kabilardan ham achchiqlansangiz, asab tizimi dam olishingiz kerakligiga ishora qilayotgan bo‘lishi mumkin.

Xotira susayishi

Avvallari kun davomida qilinishi kerak bo‘lgan ishlar yodingizdan ko‘tarilmagan bo‘lsa-yu, endilikda kalitni qayerga qo‘yganingizni ham eslay olmasligingiz ham uyqusizlik bilan bog‘liq. Gap shundaki, psixikangiz faqat zarur narsalarga diqqat qaratib, keraksiz narsalarga e’tibor qilmaslikni ma’qul biladi.

Qaror qabul qilishga qiynalish

Tanlov borasida bir fikrda to‘xtala olmaslik ham bekorga emas. Miya charchagani va dam olmagani sabab bir to‘xtamga kela olmaslik mumkin.

Diqqatning susayishi

Stol qirrasiga urilib ketish, qahva ichayotganda to‘kib yuborish, telefonni qo‘ldan tushib ketishi kabilar uyqusizlik sabab motor funksiyasi susayishi, buning oqibatida esa diqqat buzilishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

Yig‘loqi bo‘lib qolish

Arzimagan narsalarga ko‘z yosh to‘kish, yig‘loqi bo‘lib qolish ham uyqusizlikka xos simptomlardan.

Tez-tez shamollash

Uyqu vaqtida organizmda immunitetni mustahkamlaydigan modda — sitokin ishlab chiqariladi. Uyqusizlik sabab esa kishida shamollash va kasalliklar qaytalanishi mumkin.

Ko‘rish qobiliyatining susayishi

Biror predmet yoki buyumni ko‘rishga qiynalish, ko‘rish uchun ko‘zni qisib qarash ham uyqusizlik sabab ko‘z mushaklarining tiklanishga qiynalishi bilan bog‘liq.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.