Salomatlik Salomatlik Qora non iste’mol qilishning xavfli jihati ma’lum qilindi

Qora non iste’mol qilishning xavfli jihati ma’lum qilindi

O'qildi: 370


Qora non iste’mol qilishning xavfli jihati ma’lum qilindi

Ikkinchi tipdagi diabetga chalinganlarga iste’mol qilish tavsiya etiladigan qora non qondagi shakar miqdorining oshishiga olib kelishi mumkin. Bu haqda diyetolog Maykl Mosliga tayanib, “Korrespondent.net” xabar beradi.

Foto: Getty Images

Ta’kidlanishicha, qora nonni tanlash vaqtida ehtiyotkor bo‘lish lozim, chunki do‘konlarda sotiladigan uning ko‘plab turlari tarkibida turli qo‘shimchalar mavjud.

Moslining so‘zlariga ko‘ra, “qora nonlarning aksariyati — shunchaki bo‘yab qo‘yilgan oq non”. U diabeti borlarga ovqatga qo‘shib non emas, boshoqli donlarni(javdar, arpa, qora guruch, grechka), shuningdek, dukkakli o‘simliklarni iste’mol qilishni maslahat beradi.

Ushbu mahsulotlar tarkibida qondagi shakar miqdorining keskin o‘zgarishini to‘xtatib turadigan va ichak mikroflorasini ushlab turuvchi to‘qimalar uchun murakkab uglevodlar mavjud.

Shuningdek, dieta vaqtida shirinliklar yeyish, mevali sharbatlar va gazlangan ichimliklar ichishni minimumga tushirish kerak.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.