Qancha xohlasangiz ichavering: Choyning foydali xususiyatlari
Choy nafaqat sovuqda isitadigan, balki issiqda tetiklashtiruvchi mazali ichimlik, haqiqiy doridir. Qora, ko‘k va boshqa turdagi choylarning shifobaxsh xususiyatlari haqida ko‘p yozilgan, ammo bugun choyning qaysi kasalliklarni davolashi haqida ko‘plab ma’lumotlarga ega bo‘lish mumkin.
Foto: “Domashniy ochag”Diareya va qorin dam bo‘lishi
Qora choy o‘z ichiga olgan teri oshlovchi kislotalari tufayli tana suyuqlikni yaxshi qabul qiladi. Agar qorin dam bo‘lishi yoki diareya xavfi bo‘lsa, shakarsiz holda ichilgan bir necha stakan qora choy, albatta, yordam beradi.
Shish
Qora choy yoki foydalanilgan choy paketlari shishni yumshatish va teri yoki shilliq pardalarni kesilgan joylari, hasharotlar chaqishi va hatto tish og‘rig‘ini qoldirishda yordam beruvchi samarali usuldir. Antibakterial va yallig‘lanishga qarshi xususiyatlari tufayli choy shishni yengillashtiradi, tananing tinchlanishiga yordam beradi.
Uchuq
Qora choy tarkibida kislotalarni neytrallashtirish mumkin bo‘lgan gidroksid mavjud − bu esa shamollash uchun foydalidir. Uchuq toshgan hududga kuniga uch-to‘rt marta foydalanilgan choy paketi qo‘yiladi. Agar yaralar uzoq vaqt saqlanib qolsa, shifokoringizga murojaat qilish zarur.
Haddan tashqari terlash
Qora choy yordam beradigan yana bir holat − oyoqlarning haddan tashqari terlashi, ayniqsa, yoqimsiz hid bilan birga bo‘lsa. Qora choyli suvga oyoqlar biroz solinadi. Choy antibakterial ta’sirga ega, shuningdek, teshiklarni toraytirishga va shu bilan terlashni kamaytirishga yordam beradi.
Insultning oldini olish
Choyning barcha turlari antioksidantlarga boy, ammo eng yuqori konsentratsiya ko‘k choyda uchraydi. Yurak va qon tomirlarining sog‘lig‘iga g‘amxo‘rlik qilish uchun kuniga bir yoki ikki stakan ko‘k choy ichish tavsiya etiladi. Ko‘plab tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, ushbu ichimlikni muntazam ravishda ichadigan odamlarda insult va yurak xastaligi xavfi past bo‘ladi.
Demensiyaning oldini olish
American Journal of Clinical Nutrition jurnalida chop etilgan bir tadqiqot shuni tasdiqladiki, kuniga atigi bir stakan ko‘k choy ichgan keksa yoshdagi odamlar boshqa ichimliklar ichgan tengdoshlariga qaraganda kognitiv testlarni 38 foizga yaxshiroq ishlashgan. Shuningdek, kundalik dozani ikki stakanga oshirish harakat tarzini 54% ga faollashtiradi.
Husnbuzarlar
Agar yuzda husnbuzarlar ko‘p bo‘lsa, ko‘k choy kompresslari yoki shunchaki yuzni yuvish uchun ko‘k choydan foydalanish tavsiya etiladi. Bu yallig‘lanishni yengillashtiradi, terini tinchlantiradi va antibakterial xususiyatlarga ega moddalar husnbuzarlarni davolashda samarali hisoblanadi.
Tomoq og‘rig‘i
Issiq yalpiz choyi tomoq og‘rig‘i uchun juda samarali. U shilliq pardalarni tinchlantiradi, og‘riqni yengillashtiradi va yallig‘lanishni keltirib chiqaradigan bakteriyalarni yo‘q qiladi.
Stress
Moychechak choyi − bu stress va xavotir uchun eng kerakli vosita. Undan ichish yoki hammom qabul qilish uchun ham foydalanish mumkin − ikkala usul ham bir xil darajada samarali. Aytgancha, moychechak choyi uyqusizlikning ajoyib yechimi hamdir.
Oshqozon yarasi
Moychechak tarkibida oshqozon yarasini keltirib chiqaradigan bakteriyalar o‘sishini sekinlashtiruvchi moddalar mavjud. Shuningdek, moychechakli choyga biroz asal qo‘shib ichilsa, oshqozon yarasini davolashga yordam beradi.
Yasmin bilan ko‘k choy
Yasmin tabiiy antidepressant bo‘lib, u endorfinlarni chiqarishga yordam beradi, stress gormoni kortizolni zararsizlantiradi, charchoq va holsizlikni ketkazadi. Shuningdek, ko‘k choy bosh og‘rig‘i va charchoqni yengishga yordam beradi. Ushbu ichimlik, ayniqsa, og‘ir ish kunida juda katta yordam beradi. Chunki har qanday mashaqqatli mehnatdan so‘ng inson o‘zida ertangi kun uchun kuch topishi kerak.
Manba