Salomatlik Salomatlik Yurak salomatligini tekshirish uchun 3 ta oddiy test

Yurak salomatligini tekshirish uchun 3 ta oddiy test

O'qildi: 382


Yurak salomatligini tekshirish uchun 3 ta oddiy test

Har kim yurakning salomatligiga ishonch hosil qilishi uchun quyidagi uchta oddiy va samarali sinovni bajarib ko‘rishi mumkin.

Foto: “Domashniy ochag”

Qon bosimi

Qon bosimining me’yorda 120/80 bo‘lishi shifokorlar tomonidan ma’qullangan. Bordi-yu undan yuqori, ayniqsa, 140/90 dan oshsa, bu inson sog‘lig‘ida bir necha muammolarni keltirib chiqaradi. Yuqori qon bosimi tufayli qon aylanishi og‘irlashadi, qonda tromblar hosil bo‘ladi va natijada insult xavfi kelib chiqadi.

Xolesterin

Tanadagi foydali xolesterin 1,56 mmol/l dan kam bo‘lmasligi kerak. Umumiy xolesterin erkaklar uchun 3,5-6,2, ayollar uchun esa 3,3-6,0 deb hisoblangan. Zararli xolesterin tarkibi esa erkaklarda 4,3, ayollarda 4,0 miqdordan oshmasligi kerak. Organizmda yuqori xolesterin har doim ham xavfli bo‘lmaydi, ammo boshqa omillar bilan birgalikda, masalan, ortiqcha vazn, yuqori qon bosimi tufayli jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.

Bel aylanasi

Bel aylanasi ayollarda 80, erkaklar uchun 94 santimetr me’yoriy deb qaraladi. Qorin bo‘shlig‘idagi yog‘ qatlamlari semirish va modda almashinuvi bilan bog‘liq kasalliklar alomati bo‘lishi mumkin. Bu ko‘pincha yurak-qon tomir tizimi kasalliklarini keltirib chiqaradi.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.