Qabziyat, soch to‘kilishi va tushkunlik: nosog‘lom ovqatlanishdan darak beruvchi muammolar
Odatda noto‘g‘ri ovqatlanishni ortiqcha vazn bilan bog‘lashadi, lekin bundan boshqa sog‘liq bilan bog‘liq muammolar ham mavjud bo‘lishi mumkin. Quyida to‘g‘ri ovqatlanmaslik natijasida e’tiborsiz qoldirib bo‘lmaydigan muammolar bilan tanishib chiqish tavsiya etiladi.
Foto: “Diets.ru”Vazn ortishi yoki kamayishi
Tartibsiz ovqatlanish har qanday insonning tanasi uchun bir qancha muammolarga sabab bo‘ladi. Shuningdek, betartib ovqatlanish haqidagi fikrlarni miyaga singdirish ham vaznning ortib ketishi yoki kamayishiga olib keladi.
Surunkali qabziyat
Surunkali qabziyatdan aziyat chekadiganlar ko‘pchilikni tashkil etadi. Bu holat kam suyuqlik ichishdan ham kelib chiqishi mumkin. Kuniga kamida 25—30 gramm tolaga boy mahsulot yeyish tavsiya etiladi. Ratsionda meva va sabzavotlar, dukkakli ekinlar miqdorini ko‘paytirish zarur. Shuningdek, sho‘rva va suyuq taomlar ham foydali hisoblanadi.
Jig‘ildon qaynashi
Ba’zi mahsulotlar qizilo‘ngach va oshqozon orasidagi bo‘shliqni susaytirishi va qizilo‘ngachga kirib ketish xavfini oshiradi. Shuningdek, kislotali ovqatlar jig‘ildon qaynashini kuchaytiradi. B guruhi vitaminlarining yetishmasligi oqibatida qizilo‘ngach devorlarida o‘zgarish yuz beradi va ular ingichkalashib boradi. Natijada jig‘ildon qaynashi tez-tez kuzatiladi.
Osteoporoz
Ushbu kasallik suyaklarning mo‘rtlashishi oqibatida paydo bo‘ladi. Bu qisman parhezga ham bog‘liq. Yetarli miqdorda kalsiy va D vitaminini iste’mol qilmaslik ham mazkur kasallik rivojlanishiga olib keladi. Shuning uchun ratsionga sut mahsulotlari va sabzavotlarni qo‘shish kerak.
Tushkunlik
Iste’mol qilinayotgan ovqat sog‘lom yog‘larga, ayniqsa, omega-3 kislotalariga boy bo‘lishi kerak. Organizmda magniy moddasi me’yoridan kam bo‘lsa, tez-tez tushkunlikka tushish holati kuzatiladi.
Jarohatning sekin bitishi
Tanada oqsil yetishmasligi natijasida oddiygina kichik jarohatlar ham bitib ketishi qiyinlashadi. Buning uchun sut mahsulotlari, tuxum, yog‘siz go‘sht, yong‘oq, baliq, dukkakli mahsulotlar kabi kaloriyaga boy oziqalardan iste’mol qilish tavsiya etiladi.
Qo‘l uvishishi
Agar bu jarayon ko‘proq qo‘lda kuzatilsa, temir moddasiga boy ovqatlarni tanovul qilish kerak. Tezpishar va fastfud taomlardan cheklanib, meva va sabzavotga boy ovqatlar hamda yetarli miqdorda suv ichish tavsiya etiladi.
Soch to‘kilishi
Oqsil va temir tanqisligi soch folikulalarining kuchsizlanishga va to‘kilishiga olib keladi. Demak, kundalik ratsionga vitamin va minerallarga boy taom qo‘shishni unutmaslik zarur.
Sinuvchan tirnoqlar
Odatda meva va sabzavotni kam iste’mol qiladiganlarda tirnoq mo‘rtlashuvi kuzatiladi. Mutaxassislar har kuni kamida ikki yoki uch stakan meva sharbatidan ichishni tavsiya etadi.
Husnbuzarlar
Fastfud yoki o‘ta shirin yeguliklar terining yallig‘lanishiga ko‘proq yordam beradi. Shuningdek, oq non, kartoshka, sut tarkibidagi gormonlar yallig‘lanishni yanada kuchaytiradi. Buning o‘rniga yog‘ kislotalari, antioksidantlar va C vitaminiga boy taomlarning iste’molini ko‘paytirish kerak.
Immunitet zaiflashishi
Zaif immunitet tizimi nosog‘lom ovqatlanish bilan bog‘liq. Foydali moddalarsiz tanada yuqumli kasalliklar paydo bo‘ladi va ularga qarshi kurashish qiyinlashib boradi. Shuning uchun mutaxassislar hamisha ta’kidlaganidek, vitamin va minerallarga boy taomlarni o‘z vaqtida, me’yoridan ortiq bo‘lmagan darajada iste’mol qilish salomatlik uchun qilingan eng yaxshi yordam hisoblanadi.
Manba