Salomatlik Salomatlik E’tiborsiz qoldirmang: Menopauzadan keyin ayol organizmida yuz beradigan 9 o‘zgarish

E’tiborsiz qoldirmang: Menopauzadan keyin ayol organizmida yuz beradigan 9 o‘zgarish

O'qildi: 250


E’tiborsiz qoldirmang: Menopauzadan keyin ayol organizmida yuz beradigan 9 o‘zgarish

Har bir ayolda odatda 51-53 yoshda kuzatiladigan menopauzadan keyin salomatlikda muammolar yuzaga kelishi mumkin. Bu vaqtda salomatlik va organizmga e’tibor qaratish hamda befarq bo‘lmaslik kerak.

Foto: Freepik

Osteoporoz

Klimaksdan keyingi yillarda ayollar suyagi va qon-tomirlari zaiflashib boradi. Bunga ushbu davrda suyaklar mustahkamligi uchun javob beradigan estrogen gormonining kamayishi sabab bo‘ladi. Shu bois menopauzadan keyingi birinchi 5 yillikda ayollar suyagi 20-30 foizga mo‘rtlashadi. Shuni inobatga olgan holda kalsiy iste’mol qilish, jismoniy mashqlar bajarish hamda kalsiyni chiqarib yuborish xususiyatiga ega bo‘lgan spirtli ichimliklar, natriy va shirin ichimlik iste’mol qilishni kamaytirish kerak.

Milk kasalligi

Estrogen gormoni kamayishining salbiy oqibatlaridan yana biri parodontoz va tishlar to‘kilishi hisoblanadi. Gap shundaki, kalsiy kamayishi nafaqat suyaklar, balki tishga ham ta’sir qilmay qolmaydi. Shu sabab ham aynan mazkur muammo ayollarda ko‘p kuzatiladi. Shuningdek, ushbu davrda ayollar og‘iz qurishi, milkda lovullash va ta’m bilishda o‘zgarish kuzatiladi. Bu vaqtda og‘iz bo‘shlig‘i gigiyenasiga amal qilish hamda muntazam ravishda stomatologga tashrif buyurish kerak.

Apnoe

Uyqu vaqtida nafas olishning qisqa muddatga to‘xtashi oqibatida qonda kislorod kamayishi bilan namoyon bo‘ladigan apnoe ayollarda 90 foiz holatda aniqlanmaydi va bu erkaklarga xos kasallik deb hisoblanadi. Bunga esa ularda xurrak otish va kunduzi uyqu bosishi singari simptomlarning kuzatilmasligi sabab bo‘ladi. Ammo uyqusizlik, tongda bosh og‘rishi, charchoq, depressiya, shuningdek, xavotirlanishning oshishi shifokorga murojaat qilish uchun jiddiy sabab bo‘lishi kerak.

Qandli diabet

Menopauza 46 yoshdan avval yoki 55 yoshdan keyin kuzatilgan ayollarning qandli diabetga chalinish xavfi yuqori bo‘ladi.Ushbu davr o‘z vaqtida kuzatilgan taqdirda ham salomatlikka befarq bo‘lmaslik kerak. Chunki estrogen kamayishi insulinga ham ta’sir ko‘rsatadi. Homiladorlik vaqtidagi qon bosimining oshishi yoki tuxumdonlar polikistozi sindromi kabi omillar ham xavfning oshishiga sabab bo‘lishi mumkin.

Yurak kasalligi

Tuxumdonlarda ishlab chiqariladigan estrogen gormoni yurakni mustahkam bo‘lishida muhim rol o‘ynaydi. “Yaxshi” xolesterinni ko‘paytiradi yomonini esa aksincha kamaytiradi, qon tomirlarni kengaytiradi hamda qon bosimi ko‘tarilishini oldini oladi. Har sakkizinchi 46 yoshdan 65 yoshgacha bo‘lgan ayol yurak qon-tomir kasalliklaridan aziyat chekadi, 65 yoshdan katta ayollarda esa ushbu ko‘rsatkich ikki karra qisqaradi. Shu sabab ham infarkt yoki insultga xos simptomlarni bilish va ularning oldini olishga harakat qilish kerak.

Sut bezi saratoni

Yosh o‘tgani sayin sut bezi saratoniga chalinish xavfi ko‘payib boradi. 30 yashar ayolda mazkur turdagi saraton uchrash xavfi 1:227 bo‘ladigan bo‘lsa, 60 yoshda deyarli 10 karra ko‘p: 1:28 bo‘ladi. Tibbiyotda ushbu saratonni butkul oldini olish usuli bo‘lmasa ham, bir narsa aniq: ortiqcha vazn uning kelib chiqishining asosiy sabablaridan. Menopauzadan keyin vazningiz qancha kam bo‘lsa, salomatligingiz bilan bog‘liq muammolar ham unchalik ko‘p bo‘lmaydi.

Autoimmun kasalliklar

Ma’lumotlarga qaraganda, autoimmun kasalligiga uchraydigan bemorlarning 75 foizini ayollar tashkil qiladi. Menopauza davrini boshidan o‘tkazgan ayollarda esa ushbu kasallikka chalinish xavfi ko‘proq bo‘ladi. Tadqiqotchilar buning aniq sababini bilmaydi, ammo aynan klimaksdan keyin volchanka ( teri silining bir turi), revmatoid artrit hamda Graves kasalligi(qalqonsimon bez kasalligi)kuzatilishi mumkinligi haqida ogohlantiradi.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.