Salomatlik Salomatlik Qarishni sekinlashtiradi, miya faoliyatini yaxshilaydi: murchning ko‘pchilikka noma’lum xususiyatlari

Qarishni sekinlashtiradi, miya faoliyatini yaxshilaydi: murchning ko‘pchilikka noma’lum xususiyatlari

O'qildi: 383


Qarishni sekinlashtiradi, miya faoliyatini yaxshilaydi: murchning ko‘pchilikka noma’lum xususiyatlari

Qora murch dunyodagi eng mashhur ziravor hisoblanadi. “Ziravorlar shohi” barcha millat oshxonalarida eng keraklisi bo‘lib, foydali xususiyatlarga ham boy. Mazkur ziravorni muntazam iste’mol qilish xolesterin va qondagi glyukoza miqdorini boshqarishga yordam beradi. Miya faoliyatini yaxshilab, qarishning oldini oladi.

Foto: Harper’s Bazaar

Qora murch tarkibida yuqori konsentratsiyadagi antioksidant piperin mavjud. Bu tanani erkin radikallarning zararlashidan himoya qiladi, yallig‘lanish jarayonlarining rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi. Erta qarish jarayonini sekinlashtiradi va ultrabinafsha nurlaridan himoya qiladi. Aytgancha, piperin boshqa tabiiy antioksidant – kurkumaning ta’sirini sezilarli darajada oshiradi. Shuning uchun zarchavali taomlarga hamisha qora murch qo‘shish tavsiya etiladi.

Qora murch kuchli yallig‘lanishga qarshi xususiyatga ega. Ammo yallig‘lanish reaksiyasi ham organizm uchun muhim. Yallig‘lanish – salomatlikka tahdid solishi mumkin bo‘lgan virus, bakteriya va patogenlardan himoya mexanizmidir. Ammo yallig‘lanish surunkali holatga kelganda u endi himoya emas, jiddiy muammo ham hisoblanadi. Qora murch tarkibidagi faol birikmalar organizmdagi har bir hujayrani yangi zararlanishdan himoya qilib, molekulyar darajada yallig‘lanish bilan kurashadi.

Uning tarkibidagi faol moddalar qonda xolesterin miqdorini nazorat qilish, qon tomirlarini tozalash va yurak-qon tomir kasalliklarining oldini olishga yordam beradi. Bundan tashqari, so‘nggi tadqiqotlar piperinning miya faoliyati uchun foydaliligini aniqladi. U tetiklikni oshiradi, xotirani yaxshilaydi va ishlashga ijobiy ta’sir o‘tkazadi.

Qora murch oziq-ovqatlardagi kalsiy, selen, shuningdek, ko‘k choy va o‘simliklarning ayrim turlarini o‘z ichiga olgan foydali birikmalarning yaxshi singishini ta’minlaydi. Ziravorning yana bir foydali jihati shundaki, u mikrobiom sifatini yaxshilashga yordam beradi. Ichakdagi to‘g‘ri bakterial muvozanatni diqqat bilan kuzatish kerak, chunki u tanadagi immunitet funksiyasidan tortib kayfiyatgacha bo‘lgan barcha holatlarga ta’sir qiladi.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.