Salomatlik Salomatlik Kayfiyat yomonlashishi bilan namoyon bo‘ladigan 5 kasallik

Kayfiyat yomonlashishi bilan namoyon bo‘ladigan 5 kasallik

O'qildi: 343


Kayfiyat yomonlashishi bilan namoyon bo‘ladigan 5 kasallik

Kayfiyatning yomonlashishi hammada uchraydigan tabiiy jarayon hisoblanadi. Ammo boshqalarni ko‘rishga ko‘zi bo‘lmaslik va achchiqlanishning tez-tez takrorlanishi faqatgina fe’l-atvor bilan bog‘liq bo‘lmasligi, buning salomatlik va tibbiyot bilan aloqador sabablari ham bo‘lishi mumkin.

Foto: “Domashniy ochag”

Qalqonsimon bez kasalliklari

Qalqonsimon bezdan ajraladigan gormonlar organizmdagi metabolizm bilan bog‘liq barcha jarayonlarni boshqaradi. Undagi o‘zgarish diqqatni yomonlashishi, xavotirlanish hamda asabiylashishga sabab bo‘ladi. Shu sabab ham surunkali yomon kayfiyat va asabiylashish kuzatiladigan bo‘lsa, endokrinolog ko‘rigidan o‘tish tavsiya qilinadi.

Qandli diabet

Qondagi glyukoza miqdorining me’yorda bo‘lmasligi ba’zi kimyoviy moddalar, masalan, serotoninning yetarli miqdorda ishlab chiqarilmasligiga olib keladi. Uning yetishmasligi esa darg‘azablik, agressivlik, xavotir kabilarga sabab bo‘ladi. Shu sabab ham qondagi qand miqdorini me’yorda bo‘lishiga harakat qilish va ushbu yashirin simptomlar kuzatilganda shifokorga murojaat qilish kerak.

Surunkali og‘riq

Turli intensiv og‘riq his qilib turilgan bir vaqtda kayfiyatning a’lo bo‘lishi amri mahol. Og‘riq qoldiradigan dorilarni qabul qilgan taqdiringizda ham kayfiyatingiz ko‘tarilmasligi bunga preparatlarning ta’siri ham sabab bo‘lishi mumkin.

Depressiya

Xavotir, qayg‘u, depressiya yoki stress sabab kuzatiladigan holatlar yomon kayfiyat va agressivlik bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

D vitaminining yetishmasligi

Kun davomida ko‘chaga chiqmaydigan hamda quyosh nuridan kamdan kam bahra bo‘ladigan kishilarda D vitamini yetishmasligi mumkin. Bundan tashqari, uyqu me’yorda bo‘lmasa, kayfiyat tushishi hamda depressiyaga sabab bo‘ladi.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.