Salomatlik Salomatlik Tuxumdagi vitaminlar saqlab qolinishi uchun uni qanday pishirgan ma’qul?

Tuxumdagi vitaminlar saqlab qolinishi uchun uni qanday pishirgan ma’qul?

O'qildi: 235


Tuxumdagi vitaminlar saqlab qolinishi uchun uni qanday pishirgan ma’qul?

Oqsil, vitamin, mineral va foydali yog‘larga boy bo‘lgan tuxum deyarli barcha foydali mahsulotlar ro‘yxatidan o‘rin oladi. Ammo parhezshunoslarning ma’lum qilishicha, noto‘g‘ri pishirilgan tuxum organizmga jiddiy zarar yetkazishi mumkin.

Foto: Harper’s Bazaar

Tuxumning foydali bo‘lishiga bir necha omillar ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, suv yoki pechda uzoq vaqt davomida pishirish uning tarkibidagi aminokislotalarning organizmga yaxshi singishiga yordam beradi. Shu bilan birga, uzoq tayyorlash jarayonida tarkibidagi boshqa foydali moddalar parchalanib ketishi mumkin. Uzoq qaynatilganda, qovurilganda yoki pechda pishirilganda tuxumdagi vitamin, mineral va antioksidantlar 12 foizdan 61 foizgacha parchalanadi. Shu sabab ham tuxumni baland olovda tez muddat ichida pishirish kerak. Ammo bunda xolesterinning intensiv oksidlanishi oqibatida yurak qon-tomir tizimiga zarar yetishi mumkin.

Mutaxassislar tuxumni ikki tomoni bilan qovurishni hamda tuxumli pashot tayyorlashni tavsiya qiladi. Ushbu oddiy usullar yuqori darajadagi harorat va uzoq termik ishlovni talab etmagani sabab ham foydali. Omlet yeyishni yoqtiradiganlarga esa sut, qaymoq va boshqa sut mahsulotlari qo‘shmaslik tavsiya qilinadi. Buning o‘rniga tayyorlanish jarayonida yo‘qotilgan vitamin va antioksidantlar o‘rnini bosish xususiyatiga ega sabzavotlardan foydalangan yaxshi. Tuxumni quruq tovada yoki yog‘da(zaytun, kokos yog‘i)pishiring. Ushbu yog‘lar oksidlanmagani sabab yurakka ortiqcha zo‘riqish bo‘lmaydi.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.